Parij—2024. To‘rabek Habibullayev Olimpiadadagi yurishini to‘xtatdi

Parij—2024. To‘rabek Habibullayev Olimpiadadagi yurishini to‘xtatdi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari davom etmoqda.

-80 kg vazn toifasida harakat qilayotgan To‘rabek Habibullayev kubalik Arlen Lopez Kardonaga qarshi ringga ko‘tarildi.

1-raundda kubalik bokschi 3:2 hisobida zafar quchdi. 2-raundda ham xuddi shunday hisob qayd etildi.

So‘nggi raundda ham kubalik bokschi ustunlik qildi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

To‘rabek bundan avvalgi bosqichda filippinlik Eumir Marsyalni mag‘lub etgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar