O‘zbek futbolining eng yorqin o‘yinchilaridan biri Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va Abbosbek Fayzullayev haqidagi savollarga javob berib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Odil Ahmedov o‘zbek va rus futbolini yaxshi biladigan mutaxassislardan sanaladi. Professional faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashqari, Rossiyaning “Anji” va “Krasnodar” klublarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Ahmedov faoliyatining so‘nggi bosqichida Xitoyning “Shanxay SIPG”, “Tyanszin Teda”, “Sanchjou Mayti Layons” jamoalarida o‘ynagan.
- Olimpiya o‘yinlaridek katta musobaqada ishtirok etish albatta har tomonlama yoqimli. Bizga ko‘p narsa yetishmadi, lekin bu juda katta tajriba bo‘ldi.
Keyingi Olimpiadaga yanada puxta tayyorgarlik ko‘ramiz, deb umid qilaman. Bu gal kamchiliklarimizni ko‘rib oldik va nimalar ustida ishlashni bilamiz. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda yanada yuqoriroq ko‘tarila olamiz.
Abbosbek Fayzullayev ajoyib futbolchi, Olimpiadada ham mahoratini ko‘rsata oldi. Bu yerda o‘yinlar shiddatli va jamoamiz o‘yini birinchi o‘rinda turadi. Bir kishiga hech narsa bog‘liq bo‘lmay qoladi.
Abbosbek bizning kelajagimiz, umid qilamanki, u “top-5” ligalardagi jamoalardan biriga o‘tadi.
– Rossiyada Fayzullayev yangi darajaga ko‘tarildi. U “top-5” ligalariga o‘tishga tayyormi?
– Abbosbek hozirning o‘zida tayyor. Agar u kuchli ligalarga o‘tsa, u yerda o‘ynab keta oladi. Fayzullayevga ko‘proq Ispaniya chempionati mos tushadi.
Ta’kidlash joizki, Olimpiya o‘yinlarida asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalar ishtirok etadi. Shuning uchun ham bu musobaqa iste’dodlarni kashf etib beradigan turnir maqomida muhim ahamiyatga ega.
Kuchli klublar mutasaddilari, skautlari, seleksionerlari, murabbiylari asosan yosh ijrochilar ishtirok etadigan yirik turnirlarda o‘zlariga mos o‘yinchini qidiradi.
Abbosbek Fayzullayev turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalarida muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotganidan beri xorij klublari nazariga tushgani aytiladi. Ayniqsa, o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan SSKA ko‘chib o‘tganidan keyin 20 yoshli hujumkor futbolchimiz legioner sifatida ham muvaffaqiyatli o‘ynay olishini isbotladi.
O‘tgan yili jami 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist qayd etgan Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisining transfer summasi bir mavsum ichida bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Hozir Abbosbek Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.
Keyingi paytlarda Fayzullayevga Italiyaning “Parma”, Germaniyaning “Bavariya”, Ispaniyaning “Vilyarreal” kabi klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi