
Parij-2024 Olimpiadasining boks dasturida erkaklar o‘rtasida -51 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi yarim final bahsi yakunlandi.
Tajribali bokschimiz final yo‘lida Kabo-Verde vakili David de Pinaga qarshi jang o‘tkazdi va yaqqol ustunlik bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bokschimiz jang boshidan to‘liq nazoratni o‘rnatdi va birinchi raund Hasanboy foydasiga. 4:1. Ikkinchi raund esa yana "Professor" foydasiga - 5:0. Hal qiluvchi raundda ham Do‘smatov g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar