
To‘rt vazn toifasida jahon chempioni, "pound-for-pound" reytingi peshqadami amerikalik Terens Krouford xamyurtimiz Isroil Madrimov ustidan qozonilgan g‘alabani sharhlar ekan, jangdagi raqibini hayratda qoldirgan jihati haqida gapirdi.
- "Biz uning professional boksda kam sonli janglarga ega bo‘lsa ham, jiddiy qarash kerakligini bilardik. Axir u havaskor boksda 300 ga yaqin jang o‘tkazgan. Vasiliy Lomachenkoga qarang. U ikkinchi professional jangida chempionlik uchun kurash olib bordi. Madrimovda meni hayratga solgan narsa, bu uning sabri edi. U ringda juda sabrli jang qildi", - dedi Krouford matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Krouford va Madrimov o‘rtasidagi jang 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tgan va bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan (115-113, 115-113, 116-112) amerikalik g‘alabasi bilan yakunlangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar