21:11 / 06.08.2024
436

Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jangdan qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jangdan qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi
4 avgust kuni Los-Anjelesdagi BMO Stadium da Isroil Madrimov va Terens Krouford o‘rtasida ikki kamar uchun jang bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Matchroom Boxing Promotion matbuot xizmati jang kechasida qatnashuvchi har bir bokschiga kafolatlangan gonorarlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra Madrimovning raqibi Terens kamida 1,2 million dollar olishi belgilangan. Jangdan so‘ng bu summaga turli bonuslar ham qo‘shilgan. Yakunda bokschi 2,5 milion AQSH dollariga ega chiqdi.

Madrimovga esa jang oldidan kafolatlangan 400 ming dollar va’da qilingan. “Mmafighting” sayti bu summa 750 ming dollar ekani haqida yozdi. Jangdan keyin o‘zbekistonlik bokschiga translyatsiya va boshqa bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda bir million dollar pul mukofoti ajratilishi ma’lum qilindi.

AQSH uchun to‘lanadigan katta miqdordagi soliq, bokschining menejeri hamda murabbiylariga beriladigan summadan so‘ng o‘zbekistonlik sportchiga taxminan 400 ming dollar atrofidagi mablag‘ tegadi.

Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

O‘shanda O‘zbekistonga qaytib kelgan Isroilga Tahoe avtomobili sovg‘a qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov Terens Kroufordga qarshi jangdan qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi