“Lans” o‘tgan mavsum yuqori o‘rinlar uchun kurashgan bo‘lsa-da, chempionatni yettinchi o‘rinda yakunladi. Lansliklar Yevrokuboklarning uchinchi musobaqasi – UYEFA Konferensiyalar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, jamoa yana sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini ta’minlash maqsadida klub rahbariyati tomonidan bosh murabbiy alishtirilib, “Lans”ni Uill Stillga topshirishdi. Tajribali bu mutaxassis jamoani jiddiy o‘yinlarga puxta tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Lans” yozgi transferlar mavsumida ancha faol ishlamoqda. Hozirgacha, Braziliyaning “Baiya” klubidan chap qanot himoyachisi Joanner Cheves, Belgiyaning “Sherlarua”sidan darvozabon Xerve Koffi, Vengriyaning “Debretsen” jamoasidan tayanch yarim himoyachi Xamzat Ojediran, “Chelsi”dan markaziy himoyachi Malang Sarr kabi o‘yinchilar olib kelindi.
Yangi mavsum oldidan “Lans” yana bir jiddiy transferga qo‘l urdi. Fransiya klubi tarkibiga Italiyadan angolalik hujumchi Mbala Nzola kelib qo‘shildi. Lansliklar bu to‘purarni “Fiorentina”dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Agar 27 yoshli futbolchining harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa, lansliklar afrikalik forvardni kelasi yoz 13 million yevroga transfer qilishi mumkin bo‘ladi.
E’tiborli jihati shundaki, Mbala Nzola bir yarim yil muqaddam A Seriyada Eldor Shomurodov bilan “Spetsiya” jamoasi sharafini birgalikda himoya qilgan.
O‘shanda Nzola chempionatda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Eldor Shomurodov bu jamoadagi yarim mavsumlik faoliyati davomida 15 ta o‘yinda bitta to‘p kiritgandi.
Keyinchalik Nzola jiddiyroq klub taklifini qabul qildi. Florensiyaliklar katta umidlar bilan bu hujumchini 12,6 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Yangi jamoada tajribali charm to‘p ustasi kutilgan natijani qayd eta olmadi. A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushgan Nzola “Kalyari”, “Udineze” va “Napoli” darvozalariga bittadan gol ura oldi, xolos.
Angolalik futbolchining samaradorligi past bo‘lgani uchun “Fiorentina” bir mavsumdan keyin uni “Lnas”ga qo‘yib yuborishga qaror qildi.
Endi Nzola yangi ish joyida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bilan o‘ynaydi. 20 yoshli markaziy himoyachi o‘tgan yili Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU” jamoasidan “Lans” safiga ko‘chib o‘tgandi.
Abduqodir Husanov debyut mavsumidayoq Liga 1, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi hamda yosh futbolchining harakatlari muxlisu mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi.
“Lans” yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 18 avgust kuni Fransiya chempionatining birinchi turida safarda “Anje” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Shuningdek, Uill Still shogirdlari 22 avgustda UYEFA Konferensiyalar ligasidagi yurishini ham boshlaydi. “Lans”ga Gretsiyaning “Panatinaikos” va Niderlandiyaning “Ayaks” jamoalari o‘rtasidagi bahsda g‘olib chiqqan jamoa raqiblik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari