01:25 / 11.08.2024
66

Parij-2024. Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Parij-2024. Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ
Parij Olimpiadasida taekvondo uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

+67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Svetlana Osipova finalda fransiyalik Altea Loranga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi raundda fransiyalik taekvondochi 3:0 hisobida ustun keldi. Ikkinchi raundda esa Altea faollik evaziga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Osipova Olimpiada bahslari kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Svetlana finalga qadar Astan Katerine Fege (Kot d'Ivuar), Rebekka Makgin (Buyuk Britaniya) va Li Dabin (Janubiy Koreya) kabi raqiblarini mag‘lub etib, chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij-2024. Svetlana Osipova Olimpiada kumush medalini qo‘lga kiritdi