22:21 / 11.08.2024
24

Tramp Harris bilan uchta debat o‘tkazishini e’lon qildi

Tramp Harris bilan uchta debat o‘tkazishini e’lon qildi
Foto: Reuters
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Pensilvaniya va Michigan shtatlarida saylovoldi debatlarining ikkita raundi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u uchrashuvlar 4, 10 va 25 sentyabr kunlariga belgilanganini tasdiqladi.

«Kamala Harris bilan birinchi bahs 4 sentyabr kuni Pensilvaniya shtatining go‘zal Harrisburg shahrida Fox News telekanali tomonidan o‘tkaziladi. Ikkinchi debatga Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi ABC News telekanali mezbonlik qiladi. Uchinchi debat Michigan shtatining Grand-Rapids shahridagi NBC telekanalida bo‘lib o‘tadi», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

Bahs dastlab 10 sentyabrga belgilangan edi. Keyinroq Donald Tramp Fox News bilan yana bir uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganini aytdi. U 10 sentyabr kungi bahsni ahamiyati yo‘qolganini qayd etdi, chunki debat Jo Bayden bilan o‘tkazilishi kerak edi.

Keyinroq Donald Tramp debatlarni, jumladan, 10 sentyabrda ham o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Kamala Harrisning kampaniyasi 4 sentyabrdagi tadbirda ishtirok etish masalasini muhokama qilmayotganini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tramp Harris bilan uchta debat o‘tkazishini e’lon qildi