00:06 / 16.08.2024
167

Maksim Shatskix: "Bunday maydonda chiroyli futbol o‘ynash qiyin"

Maksim Shatskix: "Bunday maydonda chiroyli futbol o‘ynash qiyin"
O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugun muxlislar O‘zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuvda derbi guvohi bo‘lishdi. Birinchi bo‘limda o‘yin nazoratini qo‘lga olishga harakat qildik, biroq rejamiz to‘liq amalga oshdi deb ayta olmayman. Har ikki kunda bir futbol o‘ynayapmiz, albatta charchoq bo‘ladi. Tig‘iz taqvim. Ayrim chiziqlarda rotatsiyalarni amalga oshirishga harakat qildik. Shuningdek, maydon holati ham sifatli futbol uchun imkon bermadi. Bunday maydonda uzatmalar aniq yetib bormaydi, driblinglar ham o‘xshamaydi.

- Ibragimovning almashtirilishiga sabab nima?
- Ha, buni uning o‘zi so‘radi. Shu boisdan ham almashtirdik.

- O‘yin uchun qanday uslubni reja qilgandingiz?
- Albatta, g‘alabani maqsad qilgandik. Birinchi bo‘limning dastlabki qismidanoq oldinga o‘tish, hujumlar tashkil etish va shu orqali g‘alabaga erishish. Barchasi doim ham o‘xshayvermaydi. Lekin umumiy maqsad keyingi bosqichga qaratilgandi, bunga erishdik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Bunday maydonda chiroyli futbol o‘ynash qiyin"