22:46 / 18.08.2024
60

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"dan birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini oldi

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"dan birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini oldi
Bugun Superliga 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Paxtakor" o‘z stadionida "Lokomotiv" bilan bahs olib bordi. Gollarga boy o‘tgan ushbu bellashuvda "Paxtakor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbon jamoadan gollarni Doniyor Abdumannopov (16, 66) va Dragan Cheran kiritgan bo‘lsa, "temiryo‘lchilar" safidan Sаrdor Abdunabiyev (81) o‘z hisobiga jamoasining yagona golini yozdirib qo‘ydi.

"Paxtakor" - "Lokomotiv" 3:1
Gollar
: 1:0 — 16, Doniyor Abdumannopov (Dragan Cheran), 2:0 — 18, Dragan Cheran (Doniyor Abdumannopov), 3:0 — 65, Doniyor Abdumannopov (Hojiakbar Alijonov), 3:1 — 81, Sardor Abdunabiyev (Lazizbek Mirzayev).
"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullayev, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojiakbar Alijonov (77. Dilshod Saitov, 70), 10. Dragan Cheran (30. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 71), 17. Dostonbek Hamdamov (99. Ulug‘bek Hoshimov, 71), 22. Umar Adhamzoda, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (8. Diyor Xolmatov, 74), 33. Doniyor Abdumannopov (11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 70).
Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruzbek Asqarov, 40. Kimi Merk, 55. Muhammadrasul Abdumajidov.
"Lokomotiv": 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Valeriy Kichin, 11. Konstantin Bazelyuk (77. Lazizbek Mirzayev, 46), 15. Jasurbek Hakimov (8. Dilshod Jo‘rayev, 71), 17. Sanjar Tursunov (72. Rustam Xolnazarov, 74), 22. Muhammadanas Hasanov (9. Temur Mamasidiqov, 88), 26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 27. Sobit Sindarov (7. Sardor Abdunabiyev, 71), 55. Anzur Ismoilov, 97. Mixail Gashchenkov.
Zaxira: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 10. Shodiyor Shodiboyev, 44. Ismoilbek Usmonxo‘jayev, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev.
Ogohlantirish: Valeriy Kichin (39), Sardor Sobirxo‘jayev (56), Umar Adhamzoda (87).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"dan birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini oldi