
Germaniya polisiyasi «Fonderot» jamoasi darvozabonini «Oberxauzen»ga qarshi o‘yindan keyin hibsga oldi. Bu haqda Express xabar berdi.
Mazkur o‘yinda «Fonderot» jamoasi raqibiga 0:43 hisobida imkoniyatni boy bergan. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘yindan bir necha kun o‘tib polisiya xodimlari to‘rtta mashinada klub qarorgohiga tashrif buyurishgan hamda mashg‘ulotda ishlayotgan darvozabon bilan gaplashgan. Shundan keyin u mashinaga o‘tirib, polisiya bilan jo‘nab ketgan.
Hozirda uning qachon hibsdan ozod qilinishi ma’lum emas. «Fonderot» klubi Germaniya chempionatining 7-divizionida ishtirok etadi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar