
Foto: “Olimpik”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 14-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa qarshiliklar hujumlarni ko‘paytirib, hisobni ochdi. 66-daqiqada Bobur Abduxoliqov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida esa Jambuli Jigauri yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa “Nasaf” ishonchli hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Superliga
14-tur
20 avgust, seshanba
“Olimpik” — “Nasaf” 0:2
Gollar: Bobur Abduxoliqov, 66 (0:1), Jambuli Jigauri 90+6 (0:2).
“Olimpik”: 99. Edem Nemanov, 8. Nodir Abdixoliqov, 9. Akbar O‘ktamov, 10. Farruh Muxtorov, 11. Anvar Alijonov (64. Samandar Qodirov, 75), 16. Rian Islamov (5. Maqsud Aloxo‘jayev, 56), 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 22. Shahzod Toirov, 44. Sherzod Komilov (19. Ahmad Anvarov, 70), 70. Muhammadbobur Mo‘ydinov (9. Ulug‘bek Sharipov, 56), 77. Sunnatilla Abdullajonov (15. Muhsin Bozorov, 46).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Dilshodjon Komilov, 6. Murodbek Rahmatov (21. Doniyorjon Nazrullayev, 85), 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich, 85), 10. Bobur Abdixoliqov, 22. Igor Golban, 28. Shuxrat Muhammadiyev (70. Jambuli Jigauri, 65), 32. Zoran Marushich (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (23. Kuach Yuel, 79).
Ogohlantirish: Muhsin Bozorov (73), Igor Golban (88). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar