09:04 / 24.08.2024
694

Ayb faqat Abbosbek Fayzullayevdami?

Ayb faqat Abbosbek Fayzullayevdami?
Rossiya chempionatida SSKA ketma-ket ikkinchi mavsum o‘rtamiyona jamoa darajasidan ko‘tarila olmayapti. Avvalgi bosh murabbiy Vladimir Fedotovni o‘rniga serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich olib kelingani ham hech qanday samara bergani yo‘q.

Premer-ligada “armiyachilar” dastlabki beshta bahsdan uchtasida ochko yo‘qotib bo‘ldi. Ayniqsa, ketma-ket ikki mag‘lubiyat ancha alamli bo‘ldi.

Rossiya futbolini yoritib borayotgan football24.ru sayti tahliliy maqolada SSKAning muvaffaqiyatsizliklari sabablaridan biri Abbosbek Fayzullayevning o‘yinida pasaybsh kuzatilayotgani bilan bog‘lik ekanini yozdi.

- O‘tgan mavsumning birinchi davrasida SSKAda Fyodor Chalov va Abbosbek Fayzullayev tandemi shov-shuv ko‘tardi. Hozir ular yo‘q: Fyodor ketdi, O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi shaxsiy krizisni boshdan kechirmoqda.

Bu mavsum SSKA hujum chizig‘i uchun transferni cho‘zgani yo‘q. O‘z ishini ustasi hisoblangan to‘purar Seku Koytani olib kelishdi, lekin natija qo‘rqinchi – u hali birorta samara keltira olmadi. Malilik futbolchi faqat o‘yin oxirida imkoniyatlari cheklangan forvard Tamerlan Musayevning o‘rniga maydonga tushishga yarayapti, xolos. Afrikalik o‘yinchidan ko‘proq narsa – o‘yinda natijani ta’minlash kutilgandi, u esa, o‘zini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatmoqda va tez orada uning obunachilari milliontaga yetadi. Boshqa natijaning o‘zi yo‘q.

Muhim uchrashuvlarda yana bir legioner Viktor Daviladan ham biror manfaat bo‘lgani yo‘q. Rifat Jemaletdinovning transferi shubhalar ostida qolmoqda: “Lokomotiv” safida bir yil o‘ynamagan futbolchini erkin agent maqomida tarkibga qo‘shib olishdi. Hozir SSKAning bori shu.

Abbosbek Fayzullayev o‘tgan mavsumda chempionatda 15 ta samarali harakatni amalga oshirgan edi. Bunday sermahsullikni yo‘qotish, jamoani jarga yetaklaydi. O‘zbek futbolchisining krizisni boshdan o‘tkazayotganini raqamlar bilan isbotlash mumkin. Fayzullayev ketma-ket 12 ta uchrashuvda samarali natija qayd etgani yo‘q. Bunga O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Olimpiadada ham muvaffaqiyatsiz o‘ynaganini qo‘shish mumkin. Demak, gap faqat SSKAda emas.

Fayzullayevni nozik tarzda tushunib o‘ynaydigan sherigini sotib yuborishdi. Endi u Musayev va Jemaletdinov bilan hamkorlikda o‘ynashni yo‘lga qo‘yishi kerak. Shuningdek, qanotdagi hududlarini bu pozitsiyani egallay boshlagan Danil Krugovoyga bo‘shatib berishi talab etiladi
, - deyiladi football24.ru sayti ekspertlari tahlilida.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, dunyoda hech bir futbolchi muntazam yuqori sport formasida bo‘la olmaydi. Hatto Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe singari jahon yulduzlari o‘yinida ham past-baland holatlar kuzatilishi tabiiy hol.

Abbosbek Fayzullayev ham bundan mustasno emas. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ham legionerimiz o‘yinida qisqa muddatli pasayish kuzatilgan edi. Lekin 20 yoshli futbolchi tezda o‘zini o‘nglab oldi.

Bir tomondan o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yadigan SSKAdek jamoaning o‘yini Abbosbek Fayzullayevga bog‘liqligi, bu legionerimiz “armiyachilar” safidagi asosiy figuralardan ekanini yaqqol isboti ekani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun yoqimli holat, albatta.

Fayzullayevning o‘zi ham hozirgi vaziyatni juda yaxshi his qilib turibdi, deyish mumkin. Hamyurtimiz yaqinda jurnalistlarga fikr bildirib, tezkorlik va texnikasi o‘zining ustunligi ekaniga qaramay, hujumlarni samarali yakunlash xususiyati oqsayotganini tan oldi va bu kamchilikni yo‘qotish ustida ishlayotganini ta’kidladi.

Demak, bo‘lajak o‘yinlarda Abbosbek Fayzullayev bu murakkab vaziyatdan qanday chiqishini kuzatib boramiz...

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ayb faqat Abbosbek Fayzullayevdami?