Rossiya Premer-ligasining oltinchi turiga kelib, SSKA futbolchilari endigina boshlangan mag‘lubiyatlar seriyasiga barham berishga muvaffaq bo‘ldi.
Bungacha chempionatda asosiy raqobatchilaridan “Krasnodar” va “Lokomotiv” bilan bo‘lgan bellashuvlarda ketma-ket ikki marotaba imkoniyatni boy bergan “armiyachilar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.
Serbiyalik bosh murabbiy Marko Nikolich shogirdlari bu gal liga debyutanti “Akron” jamoasini qabul qilgan bo‘lsa-da, raqib ancha jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. SSKA o‘yinda burilish yasashi uchun bitta gol urib olishi talab etilardi.
Hamma kutgan ana shu vaziyatni Abbosbek Fayzullayev yaratib berdi. Legionerimizning o‘ta qulay pasini Tamerlan Musayev raqib darvozasiga joyladi. O‘yin oxirigacha muxlislar yana uchta gol guvohi bo‘ldi – 4:0.
Maydonda 80 daqiqa harakat qilgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz o‘yin davomida bitta assist muallifi bo‘lgandan tashqari ancha faol o‘ynadi. Abbosbekning jamoadoshlariga bergan paslarining 83 foizi aniq chiqdi, uzoq masofaga uch marotaba to‘p uzatdi va ularning bari manzilga to‘g‘ri yetib bordi.
Bundan tashqari hamyurtimiz umumiy hisobda to‘rtta xavfli vaziyat yaratib berdi. O‘zi darvoza tomon bir juft aniq zarba yo‘lladi.
SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich uchrashuvdan keyin o‘yin borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Abbosbek Fayzullayev haqidagi savolga ham javob qaytardi.
- Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yaratilganiga qaramay, gol bo‘lmadi. Bu gal vaziyatlar ancha o‘tkir bo‘ldi. Birinchi golni urishimiz bilan o‘yin umuman boshqacha ko‘rinish oldi. O‘yin chiroyli chiqsa, muxlislar mamnun bo‘ladi.
Birinchi to‘pni kiritish juda muhim edi. O‘tgan safar “Lokomotiv” bilan o‘yinda aynan mana shu narsa yetishmagandi, bu gal o‘xshadi. Bahsning birinchi yarmidagi vaziyatlardan foydalana olmaganimiz achinarli holat. Buning ustida ishlayapmiz. Ba’zan o‘xshayapti, ayrim holatlarda bo‘lmayapti.
- O‘tgan mavsumda Abbosbek Fayzullayev eng yorqin o‘yinchilardan bo‘lgandi. Hozircha Abbosga nima yetishmayapti?
- Abbosbek Fayzullayevning o‘yiniga kelsak, u yetarli darajada hordiq chiqargani yo‘q. Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirok tufayli mavsumoldi yig‘inini ham o‘tkazib yubordi. Qishda Osiyo kubogida ham shunday holat yuz bergandi.
Abbos hali yosh yigit, juda iqtidorli, harakatlari, to‘p bilan ishlashi zo‘r. O‘sishda davom etaversin. Lekin undan haddan tashqari ko‘p narsa talab qilish uning rivojlanishiga halaqit berishi mumkin.
Erkin o‘ynasin. Men uni katta kelajak kutib turibdi, deb o‘ylayman, - dedi Marko Nikolich.
Abbosbek Fayzullayev roppa-rosa bir yil muqaddam “Paxtakor”dan SSKA safiga ko‘chib o‘tgandi. 20 yoshli futbolchimiz qisqa fursatdi Yevropadagi futbol ekspertlari, skautlar, seleksionarlar va murabbiylar nazariga tushdi.
Bugungi kunda legionerimizning transfer summasi 6 million yevroga ko‘tarilgan va Abbos Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi