Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy jurnalist Emil Bekmuhamedovga "Nasaf" o‘yinidagi muvaffaqiyat siri, chempionlik uchun kurashdagi raqiblari va Chempionlar ligasi-2 doirasida kutilayotgan o‘yinlar haqida so‘zlab berdi.
- "Nasaf"ning joriy mavsumdagi o‘yinini qanday baholaysiz?
- Menimcha, ushbu mavsumda jamoamizning o‘yini eng yuqori bahoga loyiq. Jamoadagi har bir o‘yinchi muvaffaqiyatli natijalarga erishish va oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun o‘zining bor kuch-g‘ayratini safarbar etmoqda.
- Fikringizcha, "Nasaf"ning joriy mavsum muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatishida qanday sir bor?
- "Nasaf"ning muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatishining siri shundaki, har bir futbolchi o‘z vazifasini professionallik bilan, bor kuchini sarflagan holda bajarmoqda. Biz yagona maqsad - g‘alaba qozonish yo‘lida maksimum imkoniyatimizni ishga solamiz. O‘ylaymanki, bu nafaqat ushbu mavsum, balki o‘tgan yillarda ham muvaffaqiyatimiz garovi bo‘lgan.
- Mavsumning qolgan qismida o‘z oldingizga va jamoaviy qanday maqsadlar qo‘ygansiz?
- Jamoamiz o‘z oldiga hamisha yuksak maqsadlarni qo‘yadi: har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish. Umid qilamanki, ushbu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritamiz. Shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasi-2'da imkon qadar uzoqroqqa borishni reja qilganmiz. O‘z navbatida, joriy mavsum ko‘pchilikning uzoq vaqt mobaynida xotirasida qolishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.
- "Nasaf"ning O‘zbekiston kubogini erta tark etishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Jamoa bu natijani qanday qabul qildi va sizning fikringizcha, nima noto‘g‘ri ketdi?
- O‘ylaymanki, O‘zbekiston kubogi joriy mavsumda qo‘lga kiritishmiz mumkin bo‘lgan, ammo boy berilgan yana bir sovrin hisoblanadi. Lekin shuni anglashimiz kerakki, futbolda har kim yutishi yoki yutqazishi mumkin. Bu safar omadimiz kelmadi, chunki futbolda hech kim xatolardan muhofazalanmagan. Bu futbolning eng muhim qismlaridan biridir.
- Oldinda jamoani OFK Chempionlar ligasi-2'dagi ishtirok kutib turibdi. Ushbu turnirdan nima kutyapsiz, xalqaro maydondagi o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘ryapsiz?
- OFK Chempionlar ligasi-2 uchrashuvlariga maksimal tayyorgarlik bilan yetib boramiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Shuningdek, finalga qadar yetib borishga va uddasidan chiqsak, kubokni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
- Joriy mavsum davomida o‘z formangiz va o‘yiningizni qanday baholaysiz? Qaysi jihatlaringizni yaxshilashni xohlaysiz?
- Agar o‘n balli shkala bo‘yicha baholasak, joriy mavsumdagi formamni yetti-sakkiz ballga baholayman. Bu hali maksimum emas. Hali o‘z ustimda ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar bor, lekin bu sir bo‘la qolsin.
- Nima deb o‘ylaysiz, chempionlik uchun kurashda "Nasaf"ning asosiy raqibi qaysi jamoa hisoblanadi?
- Asosiy raqib sifatida bitta jamoani qayd etolmayman, lekin OKMK ushbu mavsumda yaxshi o‘ynayotganini ta’kidlash joiz. Shuningdek, "So‘g‘diyona" va "Paxtakor"ni ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.
- Muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi siz va jamoaning oldinga intilishi uchun qanday yordam beradi? Muxlislaringizga qanday dil izhorlarini aytishni xohlaysiz?
- Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi, ayniqsa, o‘yin yakunida bu seziladi. "Nasaf" muxlislariga shuni aytishni istardimki, qayerda bo‘lishimizdan, qanday natijaga erishishimizdan qat’i nazar, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsin. Biz har doim ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilamiz, bu bizga har bir uchrashuvda qo‘shimcha kuch va motivatsiya beradi.
Emil Bekmuxammedov suhbatlashdi
Oqil Abdubarnayev tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Oqil Abdubarnayev tarjimasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi