21:12 / 25.08.2024
9

Superliga. “Lokomotiv” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Lokomotiv” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turida “Lokomotiv” va “Qizilqum” o‘rtasidagi bahs 25 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida “temiryo‘lchilar” futbolchisi Jasurbek Hakimov hisobni ochdi. 15-daqiqada Shodiyor Shodiboyev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Sardor Abdunabiyev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 22-daqiqada Mixail Gashenkov o‘yindagi to‘rtinchi golga mualliflik qildi. 36-daqiqada Elguja Lobjanidze hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida navoiyliklar penalti ishlab oldi. Lobjanidze 54-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Lokomotiv” 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Superliga
17-tur

25 avgust, yakshanba

“Lokomotiv” – “Qizilqum” 4:2
Gollar
: Jasurbek Hakimov, 11 (1:0), Shodiyor Shodiboyev, 15 (2:0), Sardor Abdunabiyev, 18 (3:0), Mixail Gashenkov, 22 (4:0), Elguja Lobjanidze, 36 (4:1), Elguja Lobjanidze, 54 pen (4:2.
“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 3. Valeriy Kichin, 7. Sardor Abdunabiyev (27. Sobit Sindarov, 86), 10. Shodiyor Shodiboyev (28. Quvonchbek Abrayev, 73), 15. Jasurbek Hakimov, 17. Sanjar Tursunov (8. Dilshod Jo‘rayev, 27), 26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 70. Abubakr Rizo Turdaliyev, 77. Lazizbek Mirzayev (55. Anzur Ismoilov, 86), 97. Mixail Gashchenkov (72. Rustam Xolnazarov, 86).
“Qizilqum”: 12. Robert Ozolk (1. Humoyunshox Sayyotov, 27), 6. Asror G‘afurov, 7. Davron Anvarov (2. Farruh Jo‘rayev, 27), 8. Giorgi Kuxianidze (22. Shahzodbek Rahmatullayev, 73), 10. Elguja Lobjanidze, 11. Akaki Shulaya, 13. Nikolay Tarasov, 17. Muhammadali G‘iyosov, 18. Baxtiyorjon Qosimov (77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 73), 23. Samandar Shukurullayev, 71. Jamoliddin Ubaydulloyev (4. Ilhomjon Vahobov, 27).
Ogohlantirish: Fayzullobek Jumanqo‘ziyev (79).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Lokomotiv” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Qizilqum”ni mag‘lub etdi