11:51 / 27.08.2024
62

Tanaffusga tantana bilan. "Nasaf"ni kim to‘xtatadi?

Tanaffusga tantana bilan. "Nasaf"ni kim to‘xtatadi?
Joriy mavsumda esa bu borada o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Qarshining "Nasaf" jamoasi dadil qadamlar bilan tarixiy onlar sari yaqinlashyapti deya olamiz. "Ajdarlar"ning g‘alabali yurishlari fonida qolganlarning ochko yo‘qotishi ham oradagi farqni kattalashtirayotgani tayin. Keling, shu o‘rinda jamoaga oid qiziqarli ma’lumotlar va oldinda kutilayotgan o‘yinlar bilan tanishtiramiz. Qiziq, Ro‘ziqul Berdiyevni kim yo‘lda to‘xtatishi mumkin?

1. Uydagi ko‘rsatkichlar

"Nasaf" 2024 yilgi mavsumda uyda mag‘lubiyatga uchramagan va eng ko‘p ochko (23) jamg‘arayotgan jamoa bo‘lib turibdi. Jamoa 9 ta bellashuvning 7 tasida g‘alabani begona qilgani yo‘q, yana 2 ta bahsda raqibi bilan murosa ko‘chasini tanladi. Vaholanki, 2023 yilda 13 ta o‘yinda 7 g‘alabani qo‘lga kiritgan va 25 ochko to‘plagan edi. Oldinda yana o‘yinlar borligini hisobga olsak, bu boradagi natija yana yangilanadi.

2. Mehmondagi holat va qolgan raqamlar

Mazkur jadvalda "So‘g‘diyona" 16 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Nasaf" 15 ochko yig‘di va 2-o‘rinni egallab turibdi. Bu yilgi yagona mag‘lubiyat ham safarda "So‘g‘diyona"dan qabul qilib olindi. O‘tgan mavsumda 23 ochko bilan 3-o‘rinda yakunlagan.

Superligada eng kam gol o‘tkazgan jamoa - "Nasaf", 17 ta o‘yinda 9 ta gol.

To‘plar nisbati eng yaxshi jamoa - "Nasaf" +16.

Oxirgi 5 ta o‘yinda eng ko‘p ochko ishlagan jamoa - "Nasaf" 15 ochko.

3. Sentyabr taqvimi

"Andijon"ga qarshi o‘yindan so‘ng "ajdarlar" kichik tanaffusga yo‘l olishdi. Endilikda klub 13 sentyabr kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi maydonga chiqadi. 18 sentyabrda OCHL ("Al Quvayt") uchrashuvidan qaytgan jamoa 4 kun o‘tib o‘z maydonida OKMKni qabul qiladi. Ko‘rinib turibdiki ketma-ket ikkita jiddiy raqiblar va ulardan biri turnir jadvalidagi raqobatchi. Sentyabr oyini "Bunyodkor" bilan Toshkentdagi to‘qnashuv yakunlab beradi. Demak, "Nasaf" 14 kun ichida 4 ta bahsda maydonga chiqadi. Ayni paytda jamoa hisobida 38 ochko mavjud. Ikkinchi o‘rindagi "So‘g‘diyona"dan 8 ochko oldinda.

Muallif: Iskandarov Abdulaziz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tanaffusga tantana bilan. "Nasaf"ni kim to‘xtatadi?