O‘rta vazn toifasida (69,9 kg gacha) sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov pound-for-pound reytingi yetakchisi amerikalik Terens Kroufordga imkoniyatni boy berganidan keyin o‘z rejalari haqida gapirdi.
“Jangdan so‘ng aytganimdek chempionlik kamarimni saqlab qolish uchun yetarlicha harakat qildim, deb o‘ylayman. Hozir Krouford bilan revanshga va kamarni qaytarib olishga yoki birinchi o‘rta vazndagi boshqa istalgan chempionga qarshi jang qilishga tayyorman.
Krouford bilan revansh o‘tkazish mening maqsadim, lekin uni bu jang qiziqtirayotganiga ishonchim komil emas. U bilan jangimiz ko‘plab savollarni qoldirdi, agar u xohlasa, jang bo‘lishiga ishonaman”, deya Madrimovning so‘zlarini keltiradi BoxingScene.
Ma’lumot uchun, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”