22:39 / 29.08.2024
94

Ular Abduqodir Husanovni tanlashdi!

Ular Abduqodir Husanovni tanlashdi!
Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” jamoasi UYEFA Konferensiyalar ligasining saralash raundida Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Raqib mezbonlik qiladigan ushbu bahs oldidan lansliklar tarkibida jiddiy o‘zgarish bo‘ldi. Jamoa himoyachi chizig‘i yetakchisi Kevin Danso “Roma”ga ko‘chib o‘tayotgani bois, Gretsiyaga safar qilmadi.

Qolaversa, birinchi uchrashuvda qizil kartochka olgan argentinalik himoyachi Fakundo Medina ham muhim bahsda jamoasiga yordam bera olmadi.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manba – lensois.com sayti maxsus so‘rov tashkil etib, Afinada “Panatinaikos” bilan bo‘ladigan bahsda Kevin Danso o‘rnini qaysi futbolchi bosishi kerakligini so‘radi.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati avstriyalik himoyachining o‘rnini 20 yoshli o‘zbek legioneri Abduqodir Husanov bosa olishini ta’kidladi.

So‘rov natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Abduqodir Husanov: 69,27%
- Malang Sarr: 16,48%
- Ikkita markaziy himoyachi bilan o‘ynash kerak: 10,91%
- Massadio Xaydara: 2,56%
- Boshqa o‘yinchilar: 0,78%

Eslatib o‘tamiz, “Lans” va “Panatinaikos” o‘rtasidagi dastlabki bahs 2:1 hisobida fransiyaliklar foydasiga hal bo‘lgan. O‘sha bahsning birinchi bo‘limi o‘rtalarida Fakundo Medina maydondan chetlatilgach, uning o‘rnini Abduqodir Husanov egallagan edi.

“Lans” muxlislari so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan o‘zbek futbolchisi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

Bonaparte:
Abduqodir Husanov unga berilayotgan imkoniyatdan to‘liq foydalanib qolishi va asosiy tarkibni muqim o‘yinchisiga aylanishi kerak. Men uning bu vazifani uddalashiga ishonaman. Buning uchun Husanov o‘zining shiddatli o‘yinini boshqarish va ortiqcha qo‘pollik qilmaslikni o‘rganishi lozim.

Tibo1307:
Men Husanov haqidagi fikrlarga qo‘shiliman. Abduqodir o‘zini boshqara olish borasida ishlashi kerak. O‘tgan uchrashuvda to‘p uning qo‘liga tekkanida hakam penalti belgilamay to‘g‘ri qarorga keldi.

LensoisDeCoeur62:
Abduqodir Husanovga imkon berish kerak. Bu himoyachi o‘sadigan va o‘zigi ko‘rsatadigan payt keldi. Bo‘lajak uchrashuvda faqat g‘alaba kutyapmiz.

GOLEADOR9:
Husanov ko‘pincha o‘ta shiddatli o‘yin ko‘rsatadi. Tajribali futbolchi sifatida Jonatan Gradit Abduqodirni sal “bosib” turishi kerak.

“Panatinaikos” va “Lans” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ular Abduqodir Husanovni tanlashdi!