Foto: “Andijon”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining yarim final bahslari 30 avgust, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda bir oz tortishuvlar bo‘li va o‘sha vaqtda Farrux Sayfiyev maydondan chetlatildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar ishg‘ol etilmadi va finalchi nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.
Penaltilarda namanganliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va hal qiluvchi bahsga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Andijon” va “Surxon” o‘rtasidagi bahsda ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Penaltilar seriyasida esa andijonliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston Kubogining final bahsi 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Namanganning “Navbahor” jamoasi Andijonning “Andijon” klubiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston Kubogi
Yarim final
30 avgust, juma
“Paxtakor” — “Navbahor” 0:0
Penaltilar seriyasi: 3:4
“Paxtakor”: 12. Vladimir Nazarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullayev, 7. Hojiakbar Alijonov, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov (30. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 77), 22. Umar Adhamzoda, 23. Abdruaf Bo‘riyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (9. Ibrohim Ibragimov, 77), 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmudjon Mahammadjonov.
“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Siyavash Haqnazari (17. Ruslan Jiyanov, 74), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 21. Giorgi Nikabadze (88. Asad Jo‘raboyev, 63), 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 55. Komil Tojiddinov (12 .Saidazamat Mirsaidov, 74), 77. Abror Ismoilov (71. Navro‘zbek Iminjonov, 84).
Ogohlantirishlar: Jamshid Iskanderov (15), Filip Ivanovich (30), Giorgi Nikabadze (32), Umar Adhamzoda (43), Hojiakbar Alijonov (55), Farrux Sayfiyev (90+3).
Chetlatish: Farrux Sayfiyev (90+4).
“Andijon” — “Surxon” 0:0
Penaltilar seriyasi: 5:4
“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G‘ulomov, 9. Levan Arveladze (8. Farhodbek Bekmuratov, 84), 10. Ilhomjon Abdug‘aniyev (18. Damir Temirov, 68), 14. Abdurahmon Komilov, 17. Farhod Sohibjonov (13. Sardorbek Azimov, 84), 21. Ildar Mamatkazin, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov (99. Shahrom Samiyev, 68), 77. Rustam Turdimurodov.
“Surxon”: 86. Davron Merganov, 2. Boburjon Asqarov (8. Humoyun Sherbo‘tayev, 66), 4. Nodirxon Ne’matxonov, 5. Jamoliddin Xojaniyozov, 7. Dostonbek Tursunov, 10. Dmitriy Pletnyov, 11. Abdug‘ofur Haydarov, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 22. Javohir Jo‘rayev (77. Asadbek Karimov, 66), 27. Asilbek Jumayev, 66. Behruz Shaydulov (23. Egor Krimes, 80).
Ogohlantirishlar: Ilhom Abdug‘aniyev (11), Javohir Jo‘rayev (22), Doston Tursunov (81). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi