Yozgi transferlar vaqtida “Lans” tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Ayrim futbolchilar ketdi, yangi ijrochilar keldi.
Biroq “Lans” himoya chizig‘i yetakchisi Kevin Dansoning “Roma”ga transferi barbod bo‘lgani kutilmagan holat sifatida qayd etildi. Avstriyalik himoyachi Rimga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tolmay keldi.
Endi 25 yoshli markaziy himoyachi “Lans” shifokorlari nazorati ostida tibbiy ko‘rikdan yana qaytadan o‘tishi talab etiladi.
Bosh murabbiy Uill Still Kevin Dansoning ketganiga ishonib, uning o‘rnini Abduqodir Husanovga topshirgandi. 20 yoshli legionerimiz Fransiya klubiga qo‘shilganidan beri debyut mavsumida qaysi himoyachi safdan chiqsa yoki o‘ynay olmasa, ularning o‘rnini to‘ldirib keldi.
Kevin Danso Rimga yo‘l olgan pallada “Lans” Konferensiyalar ligasi doirasidagi javob o‘yinida “Panatinaikos” mehmoni bo‘ldi. Garchi Afinadagi o‘yinda lansliklar mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etgan bo‘lsa-da, butun himoya chizig‘ini boshqargan Abduqodir Husanov “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. Hamyurtimiz Kevin Dansoning o‘rnini bilintirgani yo‘q.
Uchrashuvni kuzatib borgan ekspertlar, tahlilchilar, mutaxassislar va hatto muxlislar ham Gretsiyadagi bahsda Abduqodir Husanov faol va bexato o‘ynaganini, himoya chizig‘ini mahorat bilan boshqarganini e’tirof etishdi.
Endi ko‘pchilikni bitta savol qiziqtiryapti: Abduqodir Husanov asosiy tarkibdagi o‘rnini jamoaga qaytgan tajribali Kevin Dansoga qaytarib beradimi?
Bu vaziyat tanlov katta ehtimol bilan avstriyalik himoyachida to‘xtaydi. Chunki Danso bir necha yillardan beri asosiy himoyachi vazifasini uddalab kelmoqda. Ayrim manbalar Kevin hech bo‘lmaganda qishki transferlar davrigacha yana “Lans” tarkibidan muqim o‘rin olishini ta’kidlayapti.
Jamoa bosh murabbiyi Uill Still bu masalaga o‘z qarashlarini bildirib, mavsum davomida o‘zbek futbolchisiga ham suyanishini yashirmadi.
"Abduqodirning ustunligi shundaki, u bir necha pozitsiyada ishonchli o‘ynay oladi. Mavsum davomida kimlardir safdan chiqadi, diskvalifikatsiyalar, jarohat bo‘ladi. Bu Malang Sarrga ham tegishli. Agar eng zo‘ri Husanov bo‘lsa, aynan u o‘ynaydi", - dedi Uill Still.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Husanov tez orada yurtimizga qaytadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes iste’dodli futbolchimizni yig‘in va rasmiy uchrashuvlarga chaqirtirgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining saralash turniri uchinchi bosqichidagi yurishini boshlash arafasida turibdi. Futbolchilarimiz 5 sentyabr kuni Toshkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasini qabul qiladi. 10 sentyabr kuni terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasi vakillariga qarshi mehmonda saf tortadi.
“A” saralash guruhidan chiqish uchun futbolchilarimiz Eron, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, KXDR, Qirg‘iziston terma jamoalari bilan uy-safar tizimida ikkitadan uchrashuv o‘tkazishi bo‘lgilangan.
Kvartetda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rin vakillari saralash turnirini davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi