22:08 / 03.09.2024
24

"JCH-2026" saralashi oldidan O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoa bilan uchrashdi

"JCH-2026" saralashi oldidan O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoa bilan uchrashdi
5 sentyabr kuni 2026 yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi start oladi. Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov mas’uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Srechko Katanetsning oldindagi rejalari tinglandi.

Futbolimiz rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qildi.

O‘z o‘rnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "JCH-2026" saralashi oldidan O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov terma jamoa bilan uchrashdi