O‘zbekistonlik professional bokschi yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy da’vogar, Olimpiada kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov super yarim o‘rta vazn sobiq chempioni Isroil Madrimovning amerikalik Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi.
“Hech kim kutmagan edi. Faqat biz kutgan edik va ishonar edik. P4P yetakchisi bilan tengma-teng jang qilib berish hammaga ham emas. Krouford 5—6 yildan buyon hech kimni ochkolar hisob-kitobigacha olib bormayotgan edi. Hammani nokaut qilib yutgan. Nokaut u yoqda tursin, maza qilib ham yuta olmadi-ku Isroilni. Munosib qarshilik qilib, munosib jang qilib berdi Isroil. Juda chiroyli jang qilib berdi”, dedi G‘iyosov.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosovning o‘zi mazkur jangning anderkardida ringga chiqib, meksikalik Migel Parrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgan edi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan jang 10 raund davom etdi. Unda Shahram Giyosov ochkolar hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi