FIFA kunlari munosabati bilan milliy ligalarda qisqa tanaffus e’lon qilinib, klublar ayrim o‘yinchilarini mamlakat terma jamoalariga kuzatib qo‘ydi.
“Roma” jami 19 nafar futbolchisini xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarga qo‘yib yubordi. Rimliklar dastlabki noxush xabarni oldi.
Yozda “Jirona”dan 30 million yevrodan ortiqroq mablag‘ evaziga Rimga olib kelingan ukrainalik legioner Artyom Dovbik jarohat tufayli terma jamoasi ixtiyoridan klubga qaytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Dovbik A Seriyaning avvalgi turida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin mushaklarida og‘riq sezgan. Shunga qaramay, hujumchi Millatlar ligasida ishtirok etish uchun terma jamoa yig‘iniga jo‘nab ketgandi.
Ukraina terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan shanba kuni Albaniya va seshanba kuni Chexiyaga qarshi rasmiy uchrashuv o‘tkazishi belgilangan. “Roma” vakili bo‘lajak bellashuvlarda ukrainaliklarga yordam bera olmasligi aniq bo‘ldi.
- Hujumchi Artyom Dovbik Ukraina terma jamoasining Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Albaniya (7 sentyabr) va Chexiya (10 sentyabr) terma jamoalariga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi. “Roma” safidagi o‘yinda futbolchi olgan jarohat uning umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazishiga imkon bermadi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Dovbikka jarohatdan tiklanishi uchun ko‘proq vaqt kerakligini ko‘rsatdi. Shu bois, hujumchini klub ixtiyoriga qaytarib yuborishga qaror qilindi. Endi u klub tibbiyot bo‘limi mutaxassislari nazorati ostida davolanishni davom ettiradi, - deb bayonot berdi Ukraina terma jamoasi matbuot xizmati.
Italiya futbolining nufuzli manbalaridan calciomercato.com saytining yozishicha, klub rahbariyati Dovbikning jarohatidan bezovta. Tibbiyot bo‘limiga hujumchini “Jenoa” bilan bo‘ladigan o‘yingacha oyoqqa turg‘azish vazifasi qo‘yilgan. Artyom Dovbik endi rimlik shifokorlar nazoratida ko‘rikdan o‘tkaziladi va jarohat darajasi, o‘yinchining qachon safga qaytishi aniqlashtiriladi.
Aytish joizki, “Roma”da yozgi transferlardan keyin atigi ikki markaziy hujumchi – Artyom Dovbik va Eldor Shomurodov qoldi. Agar ukrainalik o‘yinchining tiklanishi cho‘zilsa, rimliklar Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi.
Eldor yangi mavsumda hozircha, "Roma"da zaxira futbolchisi vazifasini bajarib kelmoqda. O‘yin vaqti kam berilayotganiga qaramay, hamyurtimiz “Roma”ning yangi mavsumdagi yagona goli muallifi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»