11:00 / 08.09.2024
22

Teddi Atlas: "Mazkur UFC chempioni katta bokschilar bilan ham jang qila oladi"

Teddi Atlas: "Mazkur UFC chempioni katta bokschilar bilan ham jang qila oladi"
Amerikalik boks bo‘yicha murabbiy, 68 yoshli Teddi Atlasning aytishicha, UFC chempioni Shon O'Melli boksda ham eng yuqori saviyada raqobatlashish imkoniyatiga ega.

Shon katta bokschilar bilan ham jang qila oladi. Chunki unda bu uchun yetarlicha refleks, instinkt va iste’dod bor. Oyoqda ham ajoyib ishlaydi, vaziyatlarni yaxshi o‘qiydi. Oyoq-qo‘llarining uzunligi istalgan raqibni masofada ushlash hamda tuzoq qo‘yishga imkon yaratadi.

Ammo O'Melliga Jervonta Devisga qarshi jang qilishni tavsiya etmayman. Rayan Garsiya bilan bahs yaxshiroq. Chunki Devis ko‘p qirrali. U bilan jang qilishda juda ko‘p omillarni hisobga olish kerak.

Jervonta birinchi, balki ikkinchi raqamda o‘ynashi mumkin. U nafaqat ko‘p qirrali, balki izchil hamdir. Garsiyada esa barqarorlik yo‘q
”, – dedi Atlas You Tube podkastida.

Eslatib o‘tamiz, O'Melli(18-1-1 N/C) navbatdagi jangini Merab Dvalishvili(17-4) bilan o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv 15 sentabr kuni "UFC 306" turnirida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Teddi Atlas: "Mazkur UFC chempioni katta bokschilar bilan ham jang qila oladi"