19:27 / 09.09.2024
8

Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga oid ma’lumotlar

Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga oid ma’lumotlar
Futzal bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Foto: O‘FA
Musobaqa 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar O‘zbekistonning 3 ta shahri: Andijon, Buxoro va Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA
Musobaqa formati
Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng, nimchorak final, chorak final, yarim final, uchinchi o‘rin uchun pley-off va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: O‘FA
Bunga qadar mundiallarda qaysi terma jamoalar g‘olib bo‘lgan?
1989; 1992; 1996; 2008; 2012: Braziliya;
2000; 2004: Ispaniya;
2016: Argentina;
2021: Portugaliya.

Foto: O‘FA
“Oltin to‘p” g‘oliblari
1989 yil: Viktor Hermans (Niderlandiya);

1992 yil: Jorginyo (Braziliya);

1996 yil: Manoel Tobias (Braziliya);

2000 yil: Manoel Tobias (Braziliya)

2004: Falkao (Braziliya);

2008: Falkao (Braziliya);

2012: Neto (Braziliya);

2016: Fernando Vilgelm (Argentina);

2021: Rikardino (Portugaliya).

Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi haqida:
O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 2016 yilda bo‘lib o‘tgan mundialda ishtirok etib, guruh bosqichidayoq ishtirokini yakunlagan. 2021 yilgi Jahon chempionatida 1/8 finalga qadar yetib borgan. Nimchorak finalda Eronga 8:9 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga oid ma’lumotlar