FIFA kunlari munosabati bilan e’lon qilingan tanafusdan so‘ng, milliy ligalardagi jamoalar navbatdagi tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Klublar oldidagi asosiy masala terma jamoalardan qaytadigan o‘yinchilarning jismoniy, ruhiy holatini baholab, o‘yinlarga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
“Roma” 15 sentyabr kuni Genuyada “Jenoa” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan Daniele De Rossi tarkib borasida muammoga duch kelgan.
Rim klubi ichidagi va atrofidagi vaziyatni tahlil qilib kelayotgan nufuzli manbalardan biri ilromanista.it sayti eksperti Vinchenso Makkarone rimliklarga bo‘lajak uchrashuvda Eldor Shomurodovdan foydalanishni tavsiya qilyapti.
- Chempionat boshlanganidan bir oy o‘tib, “Roma” jarohatlar bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, hujum chizig‘idagi ahvol Daniele De Rossini ko‘p bezovta qilyapti. Chempionat o‘yinlari qayta tiklanishiga uch kun qolganida murabbiylar shtabi bunday muammolarga ro‘baro‘ kelishini hech kim kutmagan edi.
“Roma” tarkibidagi bir necha o‘yinchilar jismoniy tayyorgarlik borasida muammo va kamchiliklarga duchor bo‘lgan. Ayniqsa, hujum chizig‘ida vaziyat og‘ir: Artyom Dovbik, Tommazo Baldansi va Lorenso Pellegrini shikastlangani katta muammo tug‘diryapti. Bosh murabbiyni qariyb 40 million yevroga transfer qilingan ukrainalik forvardning jarohati ko‘proq o‘ylantiryapti.
“Jenoa” bilan bo‘ladigan o‘yingacha safga qaytishi kutilgan Dovbikning jarohati kutilganidan murakkab bo‘lib chiqdi. Pellegrini va Baldansi Italiya milliy va yoshlar terma jamoalaridan jarohat bilan qaytdi.
Rim klubi mutasaddilarini xavotirga solayotgan yana bir vaziyat Paulo Dibala bilan bog‘liq. Argentina terma jamoasiga chaqirtirilgan hujumchi Rimga muhim uchrashuvga uch kun qolganida yetib keladi. Daniele De Rossi olis yo‘l charchog‘i bilan kelgan futbolchining salomatligini xatarga qo‘yib, keskin kurashlar ostida o‘tadigan o‘yinga tashlay olmaydi.
Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yechimni “Roma” tarixidagi eng sermahsul forvardlardan bo‘lgan Roberto Prutsso taklif qildi:
“Men Paulo Dibalani hech qachon markaziy hujumchi sifatida o‘ynatmas edim. Terma jamoadagi o‘yinlardan keyin bu unga juda og‘irlik qiladi. Bu vaziyatda to‘liq Eldor Shomurodovga suyanish kerak, chunki bu o‘yinchi hozir ajoyib sport formasida ekanini namoyish qilyapti”.
O‘zbek futbolchisi “Empoli” va “Yuventus”ga qarshi bahslarni zaxira o‘rindig‘ida boshlaganiga qaramay, tarkibdagi eng samarali o‘yinchi bo‘lib chiqdi. Sobiq jamoasi “Jenoa”ga qarshi bahsda u hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkin. Albatta, Daniele De Rossi bu shov-shuvli taklifni inobatga oladi, - deb yozdi Vinchenso Makkarone.
Darhaqiqat, Eldor Shomurodov yuqori sport formasida ekanini 2026 yilgi jahon chempionatining saralash musobaqasida ham namoyon etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bishkekda o‘tkazilgan uchrashuvda qirg‘izistonlik futbolchilarning jiddiy qarshiligiga duch keldi.
Eldor Shomurodov uchrashuvda bitta gol va assist bilan hamyurtlarimizning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Endi 29 yoshli to‘purarimiz Rimga qaytib, Italiyadagi ilk jamoasi “Jenoa”ga qarshi bo‘ladigan A Seriyaning to‘rtinchi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi