Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschi, WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turgan Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasidagi sobiq chempioni Terens Krouford haqida gapirdi.
“Hech narsa deb bo‘lmaydi. Agar men jahon chempioni bo‘lsam, u esa yana bizning vaznga qaytsa, jang qilishimiz mumkin.
Kanelo bilan juda qiziqarli jang bo‘lishi mumkin. Lekin uning Saulga kuchi yetmaydi. Alvares juda ham baquvvat, Kroufordni Isroil (Madrimov) qiynadi, Kanelo Isroildan ham kuchli”, — dedi G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Krouford super yarim o‘rta vaznda WBA kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Shahram G‘iyosov esa 1 avgust sanasida so‘nggi jangini o‘tkazgan edi. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram Migel Perrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi