19:30 / 13.09.2024
9

"Nasaf" prezidenti va bosh murabbiyi jamoa muxlislari bilan uchrashdi

"Nasaf" prezidenti va bosh murabbiyi jamoa muxlislari bilan uchrashdi
Kuni kecha "Markaziy" stadioni anjumanlar zalida klub rahbariyati tashabbusi "Nasaf" jamoasi muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda klub prezidenti, "Sho‘rtangazkimyo" majumasi rahbari Shuhrat Aslanov, klub bosh direktori Alisher Yusupov, jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev so‘zga chiqib, jamoa fan klubi "Nasaf" bilan doimo birga ekanligidan mamnun ekanliklari, jamoaning ulkan maqsadlari yo‘lida ishqibozlarning maydondagi o‘rni doimgidan ham muhimroqligi va Superliganing qolgan 9 ta o‘yinning har biri finalga teng ekanligini qayd etib, muxlislarni sevimli jamoasini yanada yakdil bo‘lib qo‘llab quvvatlashlari zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga klub rahbari va bosh murabbiyi tomonidan batafsil javob olishdi. Jamoa rivoji uchun o‘z takliflarini bildirishdi. Tadbir yakunida so‘rovnomalarda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga, faxriy muxlislarga futbolchilar dastxati tushirilgan futbol to‘plari, esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bosh jamoamizning oldinda turgan muhim o‘yinlariga yanada kuchliroq, hamjihatroq, bir oila bo‘lib harakatlanishi, hakamlar va raqiblarni hurmat qilgan holda muxlislik qilish kelishib olindi. "Nasaf"ning chempionlik yo‘lidagi dadil qadamlariga omad tilandi.


Manba: "Nasaf" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" prezidenti va bosh murabbiyi jamoa muxlislari bilan uchrashdi