09:19 / 14.09.2024
32

Maksim Shatskix: "O‘yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi"

Maksim Shatskix: "O‘yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi"
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kech. O‘yinni hamma ko‘rdi, yigitlar berilgan vazifalarni bajarishdi. Hozircha faqat yakuniy nuqta yetishmayapti. O‘yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi. Yurishlar, uzatmalar yaxshi chiqmoqda. Raqib maydonida agressivroq o‘ynashimiz kerak edi. Buning ustida har kuni ishlayapmiz. Bo‘lmasa ustunlik bizning jamoada edi. Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi. Bilmadim, qanotlardan qancha uzatmalarni amalga oshirdik. Juda ko‘p" - deydi Maksim Shatskix.

-"Neftchi" zich himoyalandi. Bunday taktikaga qarshi qanday o‘ynash mumkin?
- Faqat qanotlar orqali. Raqib ham bizni o‘rgangan. To‘g‘ri aytdingiz, ular darvozaga yaqin joylashishdi. Futbolchilarga qanotlarda ko‘proq va tezroq o‘ynashni aytgandik. Oldindagi uchlik biroz ulgurishmadi. Aytganimdek uzatmalar bo‘lmadi emas. Deylik, Xojiakbar Alijonovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Bunday vaziyatda faqat qanotlar va uzoqdan zarbalar ishga tushishi kerak. "Neftchi" ham yomon jamoa emas, munosib himoyalandi. Ko‘rinib turibdiki, ular bugun shunday o‘yinni istashgan. Orqa chiziqda bexato o‘ynash bo‘ldi.

- Dragan Cheran va Sardor Sobirxo‘jayev bugun nima uchun qaydnomaga kiritilmadi?
- Draganga biroz dam berdik. Hozir har 3-4 kunda o‘yinlar bo‘ladi. Sardor o‘zini yaxshi his qilmadi. Azmiddinovda mikrojarohat bor edi. Hozir sog‘-salomat.

- Doston Hamdamovning zaxiradan maydonga tushirilib qaytib olinishi sababi nima?
- Biz kimdir yomon o‘ynadi deb zaxiraga olmaymiz. Almashdimi demak nimadir qo‘shish kerak. Bunday o‘yinlarda ochig‘i qiyin bo‘ladi. Doston juda yaxshi harakat qildi, unga hech qanday e’tirozim yo‘q. U hammasini qildi. Lekin bizda zaxirada hujum vakillari qolgan, gol urishimiz kerak edi. Men vinger o‘rniga tayanch yarim himoyachisini tushirolmayman. Biz zaxiralarni pozitsiya bo‘yicha qilamiz. Oldinda OCHL uchrashuvlari bor.

- "Paxtakor" "Al Vasl" bilan o‘yinga tayyormi?
- Buni futbol ko‘rsatadi. Raqib jiddiy va yaxshi jamoa BAA chempioni, tarkibida faqat 2 nafar mahalliy futbolchi bor. Bizga qiyin bo‘lishini bilamiz. 17 sanada ko‘ramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "O‘yin 80 daqiqa davomida raqib maydon yarmida kechdi"