20:09 / 16.09.2024
28

Mashhur hujumchilarga o‘yin bermagan Husanov qanday baholandi?

Mashhur hujumchilarga o‘yin bermagan Husanov qanday baholandi?
Fransiya chempionatining to‘rtinchi turini “Lans” va “Lion” o‘rtasidagi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuv yakunlab berdi.

Bu bahsda har ikki tomon hujumchilari naqadar zo‘r bo‘lmasin, himoyachilar ulardan ustun keldi. Natijada bellashuvda hisob ochilmadi va har ikki jamoa bittadan ochko bo‘lishib oldi. To‘rtinchi turdan keyin sakkiz ochko jamg‘argan “Lans” Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fransiya futbolini yoritayotgan le11hdf.fr sayti eksperti Enso Paylot uchrashuvdan keyin “Lans” safida eng yaxshi va eng bo‘sh o‘ynagan o‘yinchilar harakatlarini baholadi.

Eng zo‘r o‘ynaganlar:

Abduqodir Husanov
Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi, deb e’lon qilingan Kevin Dansoning o‘rnini egallagan Abduqodir Husanov avstriyalik himoyachidan qolishmasligini namoyish qilmoqda. Yana himoya markazini egallagan yosh o‘zbek futbolchisi hammaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Abduqodir olti marotaba yakkakurashlarga kirishib, ularning barchasida raqiblaridan ustunlik qildi. “Lion”ning mashhur hujum juftligi – Aleksandr Lyakazett va Gift Orbanga umuman o‘yin bermadi. 20 yoshli futbolchi zarur pallalarda tavakkal qilishga qo‘rqmadi.

Husanovning xotirjam va o‘ziga ishonib o‘ynayotgani uni bosh murabbiy Uill Still nazdida jiddiy variantga aylantirib bormoqda. Endi Uill Still asosiy markaziy himoyachi Kevin Danso safga qaytganida boshlang‘ich tarkibda kimni o‘ynatishni chuqurroq o‘ylab ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.

Bris Samba
“Lans” darvozaboni Bris Samba ham ishonchli o‘yini bilan o‘z darvozasi daxlsizligini saqoab qoldi. Tajribali posbon uchta xavfli zarbani bartaraf etdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda Aleksandr Lyakazett va Abnerning o‘ta kuchli zarbalarini qaytara oldi. Bu bellashuvda “Lans” himoya chizig‘i Fransiya terma jamoasi darvozaboniga unchalik ko‘p ish qoldirgani yo‘q.

Deyver Machado
Chap qanot himoyasida o‘ynaganiga qaramay, Deyver Machado “Lion” darvozasiga xavf solib turgan o‘yinchilardan bo‘ldi. Machado birinchi bo‘limning o‘zida ikki marotaba jamoadoshlariga xavfli hujum tashkil qilib berdi.

Deyver himoya chizig‘ida samarali o‘ynadi, to‘psiz ham juda aqlli harakat qildi, shijoat bilan to‘p tepdi.

Eng bo‘sh o‘ynaganlar:

Uesli Said

Yozda yuqori sport formaga ega ekanini namoyish qilgan Uesli Saidda keyingi paytlarda pasayish kuzatilmoqda. “Lion”ga qarshi bahsda ham shunday bo‘ldi. Uning raqib jarima maydonchasida joy tanlash qobiliyati yetarli samara bermadi.

Uesli Saidga Lukas Perri darvozasi oldida tezkorlik yetishmadi, harakatlari bo‘sh va samarasiz bo‘ldi. Hujumkor futbolchi 70 daqiqa harakat qilib, to‘pga atigi 18 marta tegdi xolos.

David Pereyra da Koshta
“Lans”ning hujum chizig‘iga ishtiyoq va kreativlik yetishmayapti. Aynan mana shu xususiyatlarni ta’minlashi kerak bo‘lgan David Pereyra da Koshta juda horg‘in ko‘rindi. Shunga qaramay, bu futbolchi xavfli vaziyatlar yaratishga urindi, biroq bu hech qanday samara bermadi. 48-daqiqada portugaliyalik o‘yinchi hisobni ochishga yaqin kelgandi, lekin to‘pni Muassa Nyakatte undan olib qo‘ydi. Natijada Uill Still uni 58-daqiqadayoq maydondan oldi.

“Lans” vakillariga quyidagi ballar qo‘yildi: Samba (7) – Gradit (5), Xusanov (7), Medina (6) – Frankovski (4), Tomasson (5), Diuf (5), Machado (6) – Pereyra da Koshta (4) – Sotoka (5) , Said (3).

"Lans" Fransiya chempionatidagi keyingi uchrashuvini 22 sentyabr kuni safarda "Reann" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur hujumchilarga o‘yin bermagan Husanov qanday baholandi?
ePN