20:59 / 16.09.2024
22

Husanov bu gal ham bopladi! Fransiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?

Husanov bu gal ham bopladi! Fransiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?
Fransiya chempionatining to‘rtinchi tur uchrashuvida “Lans” o‘z maydonda “Lion” bilan durang o‘ynadi. Sakkizinchi ochkosini qo‘lga kiritgan lansliklar Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Uill Still bosh murabbiylik qilayotgan “Lans” futbolchilari oldiga milliy chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olib, kelasi mavsum uchun Yevropa chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi yuklatilgan.

Hozircha, “Lans” mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Liga 1 musobaqasida lansliklar ikkitadan g‘alaba va durang qayd etdi. “Lans” yangi mavsumda chempionatda eng kam – atigi bitta gol o‘tkazgan ikki jamoadan biri hisoblanadi. Himoya chizig‘ining mustahkamligida himoyachilarga yetakchilik qilayotgan Abduqodir Husanovning hissasi katta.

“Lion”ga qarshi keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoya chizig‘i raqib hujumchilariga gol urish imkonini bermadi. O‘yinni tahlil qilayotgan ekspertlari o‘zbek legionerini uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etmoqda.

O‘z navbatida, fransiyalik muxlislar ham ijtimoiy tarmoqlar orqali “Lans” va Abduqodir Husanov o‘yiniga o‘z munosabatini bildirmoqda.

FD:
Men uchrashuvning eng zo‘r futbolchilaridan biri sifatida darvozabon Bris Sambani tan olaman. Lekin Husanov yana bitta ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Bu o‘yinchi yosh bo‘lishiga qaramay, bizni hayratga solishda davom etmoqda. Abduqodir bizda uzoq yillardan beri shu yerda o‘ynayotgandek taassurot qoldiryapti.

Etienne62:
Haqiqatan, Husanov bizni yana hayratga soldi. U himoyachiga kerak bo‘ladigan hamma hislatga ega. Himoyalanish va o‘yinni tashkil qilishni bopladi.

Tony:
Husanovning zo‘rligi haqidagi fikrlarga qo‘shilaman. U o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatyapti. Uni ertaroq asosiy tarkibda tushirish kerak edi. O‘tgan yilgidan ancha yaxshi o‘ynayapti.

Alain53:
“Lion”ga qarshi jiddiy o‘yin bo‘ldi. Husanov va Samba eng zo‘r o‘ynadi.

LENSOIS_62:
Husanov yutgan yakkakurashlar jamoaga katta foyda keltiryapti.

TerryD:
Samba, Husanov va Medina zo‘r o‘ynadi. Nihoyat, himoya chizig‘idagilarning ishonchli o‘yinidan qoniqish hosil qildim.

Yangi mavsumda Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining to‘rtta, Konferensiyalar ligasi saralash turnirining ikkita uchrashuvda ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanov bu gal ham bopladi! Fransiyalik muxlislar legionerimiz haqida yana nimalar dedi?
ePN