Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Uchrashuvni yaxshi boshladik. Dastlabki qismda yuzaga kelgan vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. Ikki jamoa ham kuchli ishtiyoq bilan harakat qildi. G‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli. Lekin bu futbol, ushbu sport turida hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Xatolar kechirilmaydi, qimmatga tushadi.
- Darvozabonlar almashinuvi nima bilan bog‘liq?
- Akbar To‘rayev vaziyatlarni his qilishda ozroq xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Shu boisdan ham zahiradan Botirali Ergashevni maydonga tushirdik.
- Terma jamoa futbolchisi Azizbek Amonov zahirada qolib ketyapti. Bunga qanday izoh berasiz?
- Jismoniy jihatga ko‘p narsa bog‘liq. Bizda hujumchilar o‘rtasidagi raqobat kuchli. Azizbek Amonov zahiradan qo‘shilib vaziyatlar yaratdi, o‘yinimizni kuchaytirdi.
- Sovrinli o‘rinlar uchun imkoniyat bor deb hisoblaysizmi?
- Albatta, chempionat yakuniga qadar imkoniyat bo‘ladi. Har bir o‘yinda jiddiy kurashsak, natijalarga erishamiz. Maydonga 3 ochkoni ko‘zlagan holda chiqishimiz kerak. Himoyada kuzatilayotgan xatolarimiz bor, bu futbolda natijalarning ijobiy bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. G‘alaba qozonish uchun kuchli xohish kerak.
- Bugungi raqib haqida fikringiz?
- Yaxshi shakllangan jamoa. Natija uchun oxirigacha kurashadi. Masalan, ushbu mavsumdagi biz bilan o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramagani ham ko‘rsatib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi