12:12 / 20.09.2024
66

Fayzullayev ko‘pchilikni qiziqtirgan bir necha savollarga javob berdi

Fayzullayev ko‘pchilikni qiziqtirgan bir necha savollarga javob berdi
Sport formasini tiklab, yana yuqori darajada o‘ynay boshlagan Abbosbek Fayzullayev Rossiya kubogi guruh bosqichi doirasida peshqadam “Krasnodar” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikkita assist qayd etib, SSKAning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Uchrashuv qahramonlaridan bo‘lgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz rossiyalik jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

SSKAdagi muhit haqida

Abbosbek Fayzullayev SSKA darvozaboni Ilya Pomazun bilan bog‘liq vaziyat jamoaga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

- Pomazun bilan bog‘liq vaziyat bizga qanday ta’sir qildi? Jamoa ichida hammasi yaxshi. Nima bo‘lganini bilmayman. Biz o‘yindan keyin darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgan Toropni tabrikladik.

Ma’lumki, Ilya Pomazun ashaddiy raqib “Zenit”ga qarshi o‘yin oldidan “Spartak” jamoasiga o‘tishga tayyorligini aytganidan keyin “armiyachilar” rahbariyati uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatdi.

Yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurashayotgani haqida

- Xarakterim shunday, har doim kurashganman va keyin ham kurashaman. Yutamanmi yoki yo‘q, buni faqat Xudo biladi.

Kislyakning o‘yini haqida

- Matvey Kislyak menga o‘yinchi sifatida ham, oddiy inson sifatida ham yoqadi. “Krasnodar”ga qarshi uchrashuvda o‘yini juda yaxshi chiqdi. Men unga omad va eng yaxshi tilaklarimni tilayman. U juda yuqori darajaga chiqishi mumkin. Shunday bo‘lishiga umid qilaman.

Rossiya kubogi guruh bosqichi doirasida Matvey Kislyak Abbosbek Fayzullayevning qulay pasidan keyin “Krasnodar” darvozasini ishg‘ol qildi.

SSKAning yangi hujumchisi Saul Guarirapa haqida

- Guarirapa juda yaxshi hujumchi. U bilan o‘ynash ancha qulay. Saul tezkor va shu bilan birga jismonan baquvvat. Futbolchi sifatida menga yoqdi.

Rossiya kubogi haqida

- Biz keyingi bosqichga birinchi o‘rinda chiqmoqchimiz, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz, biroq musobaqa jadvaliga oxirida qaraymiz. Ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga o‘tsak, “Zenit”ga to‘qnash kelishimiz mumkinligi haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki guruh bahslari hali yakunlanmadi.

Oldin guruhdan chiqib olaylik, keyin qaysi jamoaga tushishimizni ko‘ramiz. “Zenit”ni muhokama qilishni istamayman, chunki “Krasnodar” bilan o‘ynadik, menga shunisi muhim, “Zenit” emas
.

Rossiya kubogi guruh bosqichida SSKA o‘z kvartetida “Krasnodar”dan bir ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Armiyachilar” musobaqa doirasida yana ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Raqiblar “Nijniy Novgorod” va “Axmat” jamoalari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev ko‘pchilikni qiziqtirgan bir necha savollarga javob berdi