Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangiga buyruq berdi.
Hozirgi payrda litvalik Eymantas Stanionis yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni bo‘lib turibdi. Tashkilot Eymantasning ushbu kamarga majburiy da’vogar Shahram G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishi kerakligini ma’lum qilgan. Bokschilarning jamoasi o‘zaro jang sanasi, manzili va shartlari bo‘yicha kelishib olishi lozim.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov so‘nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini, bir nafari Parraning g‘alaba qozonganini qayd etgandi.
G‘iyosov bugungacha 16 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Litvalik 30 yoshli bokschi professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi