Futzal bo‘yicha jahon chempionati "A" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Kosta-Rika — O‘zbekiston (5:3) uchrashuvidan so‘ng kosta-rikaliklar a’zosi Minor Sabalseta mikst-zonada intervyu berdi.
"O‘zbekistonga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Hisobda ortda borayotganimizga qaramay, asosiysi, shijoatni yo‘qotmadik va intilishda davom etdik. Natijada o‘z matonatimizni namoyish etib, dastavval hisobni tenglashtirdik, so‘ngra g‘alaba to‘pini kiritdik. Biz qoyilmaqom ishni uddaladik, ya’ni pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Butun jamoa xursandchiligining cheki yo‘q.
O‘ylashimcha, O‘zbekiston hissiyotlarga juda beriluvchan jamoa ekan. Chunki ular 3:2 hisobida oldinda borayotgandi. Biz hisobni tenglashtirgach, mezbonlarda sarosima yuzaga kela boshladi. Bu esa raqib darvozasi tomon yo‘l topishimizda kalit vazifasini bajardi va biz yana ikkita gol urdik.
Keyingi bosqichda qaysidir guruh g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Albatta, bu bahs bizga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Ammo bugungi uchrashuvda bo‘lgani kabi g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz", dedi jamoasining to‘rtinchi goli muallifi.
Eslatib o‘tamiz, Kosta-Rika "A" guruhida 3-o‘rinni egallagan holda nimchorak final yo‘llanmasi sohibiga aylandi. Lotin Amerikasi mamlakati nimchorak finalda "B" yoki "C" guruhi g‘oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi