Jeremi Gomes: "O‘zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o‘rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik"

1 daqiqa o'qish118
Jeremi Gomes: "O‘zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o‘rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik"
Futzal bo‘yicha jahon chempionati "A" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Kosta-Rika — O‘zbekiston (5:3) uchrashuvidan so‘ng kosta-rikaliklar a’zosi Jeremi Gomes mikst-zonada intervyu berdi.

"O‘zbekistonga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Chunki raqib jamoa butun zalni to‘ldirib o‘tirgan muxlislari qarshisida saf tortgandi. Hatto muxlislar armiyasi sevimli jamoasi hisobda oldinda borayotganda, bosimni kuchaytirganiga qaramay, biz bularning barchasiga tayyor edik. Umuman olganda, jahon chempionatiga tashrif buyurganimiz va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizdan behad mamnunmiz.

Biz har bir raqibni sinchiklab o‘rganamiz. Ularning zaif va kuchli tomonlarini bilish uchun o‘yinlar videolarini tomosha qilamiz. Shu jumladan, O‘zbekistonning kuchli va ojiz tomonlarini o‘rganib chiqib, ularga qarshi taktik ishlanmalar tuzdik. Shu bilan birga, raqib darvozasiga yo‘l topishning qulay usullarini bilardik. Shu tufayli ular bizga jiddiy zarar yetkaza olmadi.

Keyingi bosqichdagi raqibimiz ertaga ma’lum bo‘ladi. Biz eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoa bo‘lib turibmiz. Nimchorak finalda qaysidir guruh g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz, shu bois, jiddiy qarama-qarshilikka yo‘liqishimiz aniq. Biroq keyingi bosqichda ham hamma narsa bo‘lishi mumkin
", dedi Gomes.

Eslatib o‘tamiz, Kosta-Rika "A" guruhida 3-o‘rinni egallagan holda nimchorak final yo‘llanmasi sohibiga aylandi. Lotin Amerikasi mamlakati nimchorak finalda "B" yoki "C" guruhi g‘oliblaridan biriga qarshi maydonga tushadi.

Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?