date
views 81

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” qarshi hujumlar evaziga natijaga erishdi”

Mirjalol Qosimov: “Nasaf” qarshi hujumlar evaziga natijaga erishdi”
Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Nasaf”-OKMK (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Birinchi navbatda “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Har ikki jamoa uchun ham muhim o‘yin edi. “Nasaf” qarshi hujumda juda yaxshi harakat qiladi. Ular o‘yin boshida shu uslubdan unumli foydalanishdi. “Nasaf” ko‘proq qarshi hujumda o‘ynab, natijaga erishdi. Kuchli bosimga duch kelmadik deb o‘ylayman.

- Bugun har ikki jamoa ham muxlislarga yoqadigan tomoshabop futbol namoyish etib berdi. OKMK hozirda chempionlik uchun da’vogar klublardan sanaladi. Jamoaga chempionlik uchun nima yetishmayapti deb o‘ylaysiz?
- Bir gap bilan ta’rif berish qiyin. Qarshi hujumda gol o‘tkazib yuborish mumkin emas. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. Bugun yuta olmadik, ko‘rsatgan o‘yinimiz muxlislarga yoqqan bo‘lsa, bundan xursandmiz.

- Jamoangiz so‘ngi daqiqalarda gol urgan o‘yinlar bo‘ldi. Natija uchun jiddiy kurashadi. Shu kabi vaziyatlarga izoh bersangiz?
- Futbolda har-xil kutilmagan vaziyatlar bo‘ladi. Muxlislar hurmati uchun ham oxirigacha o‘ynashimiz lozim. O‘sha pandemiya davrida muxlislarsiz o‘ynadik, futbol aslidek bo‘lmadi. Futbolni muxlislar uchun o‘ynaymiz.

- “Surxon”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng “Nasaf”ga qarshi o‘yin jamoangiz uchun chempionlik yo‘lidagi oxirgi imkoniyat ekanini aytib o‘tgansiz. Shunga ko‘ra, OKMK chempionlik poygasidan chiqib ketdimi?
- Yo‘q, imkoniyat bor edi, intirigani saqlab qolmoqchi edik. Oldinda 7 ta tur bor, oxirigacha kurashib, keyin chempionat yakuni haqida o‘ylashimiz kerak.

- Penalti bilan bog‘liq qaror haqida fikringiz?
- Endi bu vaziyatni takror ko‘rib chiqish kerak. Oybekning o‘zi ham kiyinish xonasida ajablanib o‘tiribdi. Bir narsa deya olmayman. O‘sha vaziyatni ko‘rmay qoldim, o‘girilib turgan vaqtimda sodir bo‘ldi. Tekkan yoki tegmagani, har kimning o‘z vijdoniga havola.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Nasaf” qarshi hujumlar evaziga natijaga erishdi”