date
views 87

Ro‘ziqul Berdiyev: “G‘alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli”

Ro‘ziqul Berdiyev: “G‘alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli”
Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Nasaf”-OKMK (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- G‘alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli. Futbolchilarimiz juda yaxshi o‘yin namoyish etib berishdi. Muxlislarimizga ham raxmat aytamiz.

O‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, biz to‘pni raqibga topshirib, yaxshi himoyalandik. Qarshi hujumlarda keskinroq va yaxshiroq harakat qildik. Shuning natijasiga g‘alabali natijani qo‘lga kiritdik deb o‘ylayman.

- Tanaffusda jamoa nega kiyinish xonasiga kirmadi?
- Biz o‘yindan keyin ham kiyinish xonasidan shunchaki kiyimlarni olish uchun kirdik xolos. Bu kutilmagan kayfiyatni keltirib chiqardi.

- Muddatidan oldin “Nasaf”ni chempion deb hisoblasak bo‘ladimi?
- Barchamizda maqsad bor, orzu bor, bu albatta chempionlik. Uzoq safardan qaytganimiz balki jismoniy jihatdan sezildi. Har qanday o‘yinga jiddiy yondashayapmiz. Hozircha hech narsaga erishmadik. Qachondir maqsadga erishsak, unda to‘xtasak bo‘ladi.

- “Nasaf” himoyaviy futbol o‘ynagan jamoalarga qarshi qiyinchiliklarga duch kelgan. OKMKning bugungi mag‘lubiyatiga ochiqroq futbol o‘ynagani sabab bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
- OKMK 31 ta gol urib, 21 ta o‘tkazgan. Bu jamoaning hujumkor futbol tarafdori ekanini ko‘rsatadi. Ular qanchalik oldinga chiqsa, bizda qarshi hujumda imkoniyat bo‘lardi.

- Dilshod Komilov Qarshidagi o‘yinlarda zaxiradan tushmayotganiga sabab nima?
- Uning pozitsiyasida tajribali futbolchilarimiz bor. Bugungi o‘yindagi natija jamoamiz uchun juda muhim edi. Shu bois Komilovni zaxirada qoldirdik. Keyingi o‘yinlarda albatta imkoniyat beramiz. U o‘zi zaxiradan qo‘shilgan o‘yinlardv jamoamiz o‘yiniga foydali ta’sirini ko‘rsata olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “G‘alaba qozonish yoqimli, kuchli raqibni yutsang, bu ikki karra yoqimli”