date
views 152

Abbosbek Fayzullayev dubl qayd etgan o‘yinda “SSKA” “Ahmat”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Abbosbek Fayzullayev dubl qayd etgan o‘yinda “SSKA” “Ahmat”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining 10-turi doirasida “SSKA” “Ahmat”ga qarshi bahs olib bordi. Moskva jamoasi raqibi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Abbosbek Fayzullayev esa o‘yinda dublni rasmiylashtirdi. 19 va 50-daqiqalarda o‘zbekistonlik futbolchi golga mualliflik qildi. Yana bir gol Xelven hisobiga yozildi.

“SSKA” 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

RPL
10-tur

28 sentyabr, shanba

“SSKA” — “Ahmat” 3:0
Gollar
: 1:0 – 19 Fayzullayev, 2:0 – 42 Xelven, 3:0 – 50 Fayzullayev.
“SSKA”: Akinfeyev, Moyzes, Villian, Diveyev, Krugovoy (Koyta, 84), Xelven, Oblyakov, Kislyak, Fayzullayev (Gayich, 84), Jemaletdinov (Musayev, 4), Guarirapa (Zd’elar, 65).
“Ahmat”: Sheliya, Todorovich, Jirov, Shatara, Adamov (Lovat, 57), Samorodov (Ismael, 84), Shves (Kamilov, 46), Kamilo, Sadulayev, Luna Diale (Utkin, 62), Felippe Kardozo (Kovachev, 57).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev dubl qayd etgan o‘yinda “SSKA” “Ahmat”ni yirik hisobda mag‘lub etdi