18:35 / 01.10.2024
8

Srechko Katanes Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun kimlarni chaqirdi?

Srechko Katanes Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun kimlarni chaqirdi?
Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7 oktyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan.

Srechko Katanes ushbu yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif qildi:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Botir Ergashev, Abduvohid Ne’matov;
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev;
Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov, Aziz Turg‘unboyev, Akmal Mozgovoy, Odiljon Hamrobekov, Abdulla Abdullayev, Otabek Shukurov, Abdurauf Bo‘riyev;
Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Bobir Abdixoliqov, Jaloliddin Masharipov, Xojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev, Oston O‘runov.

Foto: “O‘FA”
2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida 10 oktyabr kuni Eronni, 15 oktyabrda esa BAAni qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun kimlarni chaqirdi?
ePN