O‘zbek futboli tarixida hali bunday fantastik final bo‘lmagan va bundan keyin ham bo‘lmaydi. Tarixda finallar ko‘p bo‘lgan, lekin bu safargisini hech qayerdan izlab topa olmaysiz. Bu yil 60 yllik yubileyida yangi tarix yozishga bel bog‘lagan va buni sharaf bilan uddalagan “Burgutlar”ga tasanno!
5 oktyabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogi finali zarhal harflar bilan tarix zarvaraqlariga muhrlandi. Bu uchrashuvga ikki og‘iz ta’rif shunday: bu o‘zbek futbolining eng yaxshi reklamasi! Kimdir bizning futbol haqida bilmoqchi bo‘lsa, mazkur finalni ko‘rsatinglar!!!
Butun O‘zbekiston va yana boshqa mamlakatlar ham bu o‘yinni ko‘rishdi va qoyil qolishdi. Bu shunday o‘yin bo‘ldiki, unda ikki tomon har jabhada kim kuchliligini isbotlaydigan imkoniyat edi. Andijonlik muxlislar alohida mavzu. O‘yin boshidanoq Nodir To‘ychiyev boshchiligidagi ishqibozlarning ulkan armiyasi tomonidan yaratilgan “dahshatli” muhitni ta’riflashga so‘z ojiz. Haqiqat qaror topdi: muxlislik bo‘yicha ham “Andijon” ishqibozlari birinchi raqamli ekanligini isbotladilar. Endi qaysi fan-klub kuchliligi kabi gap-so‘zlarga chek qo‘yildi. “Andijon” muxlislariga farg‘onaliklar ham qo‘shilishdi. Qo‘shni mamlakatlardan ham fanatlar kelishdi. Ularning orasida Qirg‘iziston, Turkiya va yana boshqalarni aytish mumkin. Uchrashuvni Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati hokimlari birgalikda kuzatishdi. Yakunda esa Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Kubokni Ildar Mamatkazin bilan baland ko‘tardi.
O‘yin alohida drama. O‘zbekiston professional futbol ligasi tashkilotchilikni “yorvordi”. Har bir mayda detallargacha ishlar ajoyib yo‘lga qo‘yilgan. O‘yinni esa klublar ehtiyotkorlik bilan boshladilar va bu murabbiyning rejasi edi. Asosiy voqealar ikkinchi bo‘limda yuz berdi. Mehmonlar hisobni ochishgach, Muhammadkarim Toirovning oxirgi daqiqalardagi javob goli “Andijon” taslim bo‘lmoqchi emasligini ko‘rsatdi. Qo‘shimcha daqiqalardagi voqealarni esa gapirmasak ham bo‘ladi. Xomyakov jamoasi shunday o‘yin ko‘rsatdiki, chindan Kubokni qo‘lga kiritishga munosibligini har tomonlama isbotladi. Jamoa xarakter, iroda va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni namoyish qildi. Oxirgi lahzalar, hayajonlar, xursandchilik ko‘z yoshlari, quvonchli lahzalar...Bular takrorlanmas voqealar edi.
Aytganimizdek, bu o‘yin o‘zbek futboli tarixida takrorlanmas bo‘lib qoldi. “Andijon” va uning muxlislari 60 yillik yubileyida Kubokni boshi uzra ko‘tarishga haqli edi va bu ro‘yobga chiqdi. “Andijon” O‘zbekiston Kubogi sohibi va Osiyo Chempionlar ligasi ishtirokchisiga aylandi.
“Navbahor” – “Andijon” – 2:3 (asosiy vaqt: 1:1. Qo‘sh.vaqt: 1:2).
Gollar: Abror Ismoilov, 53 – 1:0 Muhammadkarim Toirov, 82 – 1:1. Islom Mamatkazin, 116 – 1:2. Islom Mamatkazin, 119-avt. – 2:2. Vladimir Bubanya, 120-3 – 2:3.
5 oktyabr. Farg‘ona. “Istiqlol” stadioni. 20 000 tomoshabin.
Hakamlar: Xolid Solih al-Turais, Abdulrahim al-Shammari, Muhammad Maki Alabakri (barchasi – Saudiya Arabistoni).
Zaxira hakami: Nayim Qosimov.
VAR: Sulton Sanat al-Xarbi (Saudiya Arabistoni)
AVAR: Ahrol Risqullayev
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.
“Navbahor”: Sanjar Quvvatov, Saidazamat Mirsaidov, Filip Ivanovich, Farruh Sayfiyev, Yovan Jokich, Odil Hamrobekov, Jamshid Boltaboyev (Toma Tabatadze), Abror Ismoilov (Komil Tojiddinov), Jamshid Iskanderov, Siyavash Haqnazari (Sardor Rashidov, 74), Giorgi Nikabadze (Ruslan Jiyanov, 61).
“Andijon": Eldor Adhamov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Abdulvohid G‘ulomov (Demir Temirov, 90), Abdurahmon Komilov (Islom Mamatkazin), Farhod Bekmuratov (Levan Arveladze, 65), Sardor Azimov (Ilhom Alijonov, 90), Ilhom Abdug‘aniyev (Bektemir Abdumannonov, 76), Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov (Shaxrom Samiyev, 65), Rustam Turdimurodov.
Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboyev, 69. Odil Hamrobekov, 98 – Abdurahmon Komilov, 37. Vladimir Bubanya, 120+4. Rustam Turdimurodov, 120+5.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi