19:37 / 07.10.2024
41

Jaloliddin Masharipov: "Katanes bilan bunday holat ro‘y berishi birinchi marta emas"

Jaloliddin Masharipov: "Katanes bilan bunday holat ro‘y berishi birinchi marta emas"
O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov OAV vakillariga intervyu berdi.

"Raqiblarni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, qur’a tashlangan paytda shu o‘yinlarni ko‘proq kutgandik, biz ham, muxlislar ham. Xudo xohlasa, shu kunlar keldi. Hamma yaxshi kayfiyatda va bolalar birma-bir yetib kelishyapti. Yigitlar oldingi yig‘indan ko‘ra yaxshiroq formada, chunki aksariyat futbolchilar klublari safida o‘yinlarda qatnashmoqda. Hamma bolalar tayyor deb ayta olaman. BAA bilan o‘yinda ko‘proq Braziliyaga qarshi o‘ynaymiz desak ham bo‘ladi. Chunki ularda aslida braziliyalik, ammo mahalliylashtirilgan futbolchilar to‘p tepishmoqda.

Eron terma jamoasini kuchsiz deb aytolmayman, lekin ular bizni qattiq hurmat qiladi, biz ularni bunga majbur qildik deb aytolaman. Xudo xohlasa, Eron bilan bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, uyimizda 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Terma jamoa bosh murabbiyi bilan bunday holat ro‘y berishi birinchi marta emas. Buni oldindan bilardik. Ba’zida sal mazasi bo‘lmay turadi. Futbolchilar bu kabi holatlarga tayyor, chunki 3 yildan beri birga ishladik. U bizdan nimani xohlashini juda yaxshi bilamiz. O‘ylashimcha, hozirgi vaqtda terma jamoada Srechko Katanes bo‘lmasa-da, u bizdan nimani talab qilishini tushunib o‘ynaymiz. Bolalar buni avtomatik ravishda amalga oshiradi. Terma jamoaga kimnidir olib kelish kerak deyilsa, bunga qarshilik qilaman. Biz oldin gol urolmagan va yutolmagan termalarga qarshi munosib o‘ynab, kerakli natijaga erishib kelmoqdamiz deb o‘ylayman. Katanes oldimizda bo‘lmasa-da, u biz bilan doimiy aloqada", – dedi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 3-turi doirasida Eronga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida 19:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "Katanes bilan bunday holat ro‘y berishi birinchi marta emas"