O‘zbekiston futzal terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Futzal bo‘yicha terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. O‘FA rahbariyati hamda bosh murabbiy Xose Venansio Lopes qatnashgan yig‘ilishda jamoamizning musobaqadagi ishtiroki tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Terma jamoamiz o‘yinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni yetkazib berish yo‘lida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar o‘rtasidagi turnirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar berildi. Yurtimizdagi iqtidorli yosh futzalchilarga ko‘proq o‘yin amaliyoti berib, turnirlarga jalb etish orqali ularga yaxshi natijalarga erishish mumkinligi aytildi.
Xose Venansio O‘FA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘tgan musobaqalar davomida O‘FA tomomidan barcha sharoitlar taqdim etilganini qayd etdi. Ispaniyalik mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga ko‘maklashganini aytib, kelgusida do‘stona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
O‘z navabtida, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.
Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi