Yevropa futbolida FIFA kunlari munosabati bilan ikki haftalik tanaffus e’lon qilingani bois, ekspertlar futbolchilarning milliy chempionatdagi o‘yinlarini tahlil qilmoqda.
Keyingi paytda “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ko‘plab mutaxassislarning diqqat markazida turibdi. O‘zbekistonlik legioner mavsum boshidan beri yuqori saviyada o‘ynayapti va jmoasi himoya chizig‘ida bexato harakat qilmoqda.
Fransiya chempionatining yettinchi turida “Lans” futbolchilari “Strasbur” maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Bu bahsda ham 20 yoshli himoyachimizning ishonchli o‘ynagani jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Fransiya futbolini yoritayotgan eng nufuzli manbalarning Abduqodir Husanov o‘yiniga munosabatlarini havola etamiz.
LE11HDF.FR:
“Lans” futbolchilari “Monako”, “Lion”, “Renn”, “Nitssa” va ketma-ket beshinchi uchrashuvda “Strasbur” bilan ochko bo‘lishdi. Mavsum sensatsiyasiga aylangan Abduqodir Husanov “Lans” himoyasining yetakchisi sifatida o‘z mahoratini namoyish qilishda davom etmoqda.
Yosh o‘zbek futbolchisi Fransiya chempionatining eng xavfli markaziy hujumchilaridan biri Emanuel Emegaga qarshi juda zo‘r o‘ynadi va raqibini to‘xtatib qoldi. Niderlandiyalik forvardni ushlab qolish hammaga ham nasib qilayotgani yo‘q.
20 yoshli himoyachi xotirjamligi, qo‘rqmasligi, baquvvatligi bilan hammani hayratga solmoqda va saytimiz o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, beshinchi marotaba “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. So‘rovnomada qatnashgan ko‘p sonli muxlislarning 66 foizidan ko‘prog‘i aynan Abduqodir Husanovni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topdi.
LEQUIPE.FR:
Husanovning navbatdagi uchrashuvi haqida yana nimalar deyish mumkin. U yana bir karra Fransiya chempionatining eng zo‘r markaziy himoyachilaridan ekanini namoyish qildi. Ayniqsa, raqib hujumchisi Emanuel Emega bilan kurashda hayratli darajada zo‘r o‘ynadi.
Abduqodir jismonan baquvvatligi, paslarining aniqligi, himoyada mustahkam turgani va xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilayotgani bilan “Lans”ga katta foyda keltirmoqda.
NEWS.DAYFR.COM:
“Lans” safar uchrashuvida “Strasbur” bilan ochko bo‘lishib, ketma-ket beshinchi marta durang natija qayd etdi. Himoya mustahkamligiga yarasha, hujum chizig‘i samaraliroq o‘ynaganida bu jamoa musobaqa jadvalida yanada yuqorida bo‘lardi.
“Lans” himoya chizig‘ida Abduqodir Husanovning ishonchli o‘yiniga suyanib qolgan. Yakshanba kungi uchrashuvda ham Abduqodir o‘z jamoasi o‘yinchilari orasida eng yaxshisi bo‘ldi.
Yosh markaziy himoyachi “Strasbur”ning kuchli hujumchilari hamlasini mahorat bilan bartaraf etdi va jamoasining bir ochko olishiga katta hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsumda Fransiya chempionatida yettita uchrashuvda ham maydonga tushdi. Shuningdek, Konferensiyalar ligasida bir juft o‘yin o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi