date
views 104

Abduraimov Eronni nimani evaziga yutishimiz mumkinligini aytdi...

Abduraimov Eronni nimani evaziga yutishimiz mumkinligini aytdi...
Bugun muhim oʻyin. Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi doirasida “Bunyodkor” stadionida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Barchaning e'tibori ushbu uchrashuvga qaratilgan. Yurtimizdagi koʻzga koʻringan mutaxassislardan biri Jasur Abduraimov oʻyin oldidan fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Bosh murabbiyimiz Srechko Katanets muhim oʻyinlarda sogʻligi sababli ishtirok eta olmasligi ma'lum boʻldi. Sizningcha, bu jamoamiz uchun katta yoʻqotishmi? Fikringiz qanday?

- Ha, murabbiy doim oʻyinda boʻlishi kerak. Uning yoʻqligi yoʻqotish. 95-98 foiz futbolchilar bir necha yillardan beri murabbiy bilan birga shugʻullanishyapti va oʻynab kelishyapti. Toʻgʻri, aytib oʻtganimdek, bosh murabbiyning yoʻqligi yoʻqotish. Lekin oʻylashimcha, yigitlar mas'uliyatni yaxshi tushunib turibdilar. Ular professional futbolchilar va nima qilishini bilishadi. Maydonda hamma narsa oʻyinchilarga bogʻliq. Oʻyinda har xil vaziyatlar boʻladi. Murabbiyning yordamchilari esa yordam berib turishadi.

- Eron biz uchun noqulay raqibmi? Har holda oʻz uyimizda yuta olmayapmiz...

- Ha, Eron bizga noqulay raqib. Bugun oson oʻyin boʻlmaydi. Qiyin boʻladi. Masharipov, Shomurodov kabi yigitlarimiz yaxshi formada. Yuqori tempda, tekzorlik bilan oʻyin koʻrsatishsa gʻalaba biz tomonda boʻladi.

- Eron termasi haqida nima deya olasiz? Ularga qarshi koʻp oʻynaganmiz va bir-birimizni yaxshi bilamiz. Asosiy kamchiligi nimada deb oʻylaysiz? Bugun nimaning evaziga yutishimiz mumkin, deb hisoblaysiz?

- Eronni kamchiligi? Hamma joyda pressing qilsak va tezkor qarshi hujumlarga oʻtsak va tezkor futbol oʻynasak Eronda boʻsh hududlar paydo boʻladi va bizda variantlar paydo boʻladi. Raqibga bosim oʻtkazish muhim. Agar shunday boʻlsa raqib oʻzini yoʻqotadi. Ha, qiyin uchrashuv boʻladi. Ammo raqibga gol uramiz, Xudo xohlasa yutamiz.

- Qanday natijani kutyapsiz?

- Oʻylashimcha, bugun yutamiz. 1:0 yoki 2:1. Bitta gol farqi boʻladi. Har qanday holatda ham gʻalaba qozonishimiz kerak. Eronni standartlari xavfli. Ular tezkor qarshi hujumga ham oʻtadi. Shularga tayyor boʻla olishimiz ham muhim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduraimov Eronni nimani evaziga yutishimiz mumkinligini aytdi...