08:52 / 11.10.2024
37

Abduqodir Husanovning narxi 50 million yevroga ko‘tariladi...

Abduqodir Husanovning narxi 50 million yevroga ko‘tariladi...
Abduqodir Husanov ayni paytda “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi hisoblanadi. Fransiya futbolini yoritayotgan aksariyat manbalar o‘z obunachilari o‘rtasida turli uchrashuvlarda “Lans”ning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnomalar tashkil etishi an’anaga aylangan.

Bu so‘rovnomalarning aksariyatida fransiyalik futbol ishqibozlari o‘zbek legionerining o‘yiniga yuqori baho bermoqda. Xususan, allezlens.fr sayti tashkil etgan so‘rovnomalarda 20 yoshli markaziy himoyachimiz “Nitssa” va “Strasbur” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida eng ko‘p ovoz to‘plagan edi.

Bundan tashqari, lensois.com portali o‘quvchilari Abduqodir Husanovni sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi.

Aksariyat ekspertlar legionerimizning o‘yini tobora kuchayib borayotganini ta’kidlashmoqda. Ular orasida Abduqodir Husanovni “Lans” tarixidagi eng mashhur o‘yinchilardan Rafael Varanga qiyoslayotganlar ham yo‘q emas.

Ta’kidlash joizki, “Lans”dan yetishib chiqqan Rafael Varan huddi Abduqodir Husanov singari markaziy himoyachi hisoblangan va yulduzli davrlarini “Real” hamda “Manchester Yunayted” kabi grand klublarda o‘tkazgan.

- Yosh o‘zbek futbolchisi maydondagi kurashlarda o‘zining mahoratini namoyish etib kelmoqda. “Lans” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega markaziy himoyachi shu darajada o‘ynashni davom ettirsa, hali uning transfer bahosi 50 million yevroga ko‘tarilishi kutilyapti, - deb yozdi allezlens.fr sayti.

E’tiborli jihati shundaki, Fransiyaga olib kelinganida atigi 400 ming yevroga baholangan Abduqodir Husanovning transfer summasi bir yil ichida bir necha baravar oshib ketdi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali ekspertlari kuni kecha Husanovning transfer summasi bugungi kunda 5 million yevroga ko‘tarilganini qayd etdi.

Legionerimizning yangi mavsumda har jihatdan o‘sishga erishayotganini boshqa manbalar ham e’tirof etmoqda.

- Abduqodir Husanov O‘zbekistonning kuch-qudrati. “Lans” endi Kevin Dansoning ketishidan cho‘chimasa ham bo‘ladi. Avstriyalik markaziy himoyachi qishda ketadigan bo‘lsa ham, uning o‘rnini to‘liq bosa oladigan Abduqodir Husanov bor.

Ayni paytda “Lans” himoyasi markazida ikki yonida Jonatan Gradit va Fakundo Medina bilan birga o‘ynayotgan o‘zbek legoneri yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining jismoniy kuch-quvvati, chidamliligi, xotirjamligi bilan hammani hayratga solmoqda.

Ayniqsa, u bilan yelkama-yelka to‘qnash kelganlar tishi yoki yelkasini sindirishi mumkin. Buni bir bor to‘qnash kelgan “Nitssa” o‘yinchisi Ali Abdi tasdiqlashi mumkin.

Bu mavsumdan e’tiboran, o‘zbek futbolchisi taktik jihatdan ancha o‘sdi. Boshqa himoyachilar, xususan, “Chelsi”dan kelgan Malang Sarrni hafa qilmagan holda Abduqodir Husanov “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisiga aylanib borayotganini tan olishimiz, ular esa, jamoadagi kelajaklari haqida o‘ylab ko‘rishlarini ta’kidlashimiz kerak
, - deb yozdi jeunesfooteux.com sayti eksperti Loik Jego.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri “Lans” o‘yinchisi hisoblanadi. Futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan iste’dodli futbolchimiz professional faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovning narxi 50 million yevroga ko‘tariladi...
ePN