
15 oktyarb kuni O‘zbekiston terma jamoasi "JCH-2026" saralashi doirasida BAA terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv oldidan terma jamoamiz yetakchilaridan biri bo‘lgan Odiljon Hamrobekov matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga quyidagicha javob berdi.
- Ertaga ikkala jamoa ham chiroyli o‘yin ko‘rsata oladi deb o‘ylayman. Ko‘p sonli muxlislarimiz oldida kerakli natijani qayd etishga xarakat qilamiz.
Maydonda futbolchilar o‘zaro gaplashib, o‘zboshimchalik bilan taktikani o‘zgartirishga urinishi bu murabbiylarga nisbatan katta hurmatsizlik bo‘ladi. Eron bilan o‘yinning ohirgi 10 daqiqasida esa, aynan Srechko Katanetsning yo‘qligi juda bilindi.
Biz ertaga oldimizga qo‘ygan maqsadga albatta erishamiz. O‘z imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanishga urinamiz. Aynan qanday yo‘l bilan amalga oshirishimizni bevosita o‘yin ko‘rsatib beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar