21:33 / 16.10.2024
66

Abbosbek Fayzullayev: Maydonga tushganimni "kichik mo‘jiza" deb atasak bo‘ladi

Abbosbek Fayzullayev: Maydonga tushganimni "kichik mo‘jiza" deb atasak bo‘ladi
JCH-2026 saralashi uchinchi bosqich O‘zbekiston - BAA (1:0) bahsidan so‘ng terma jamoamiz a’zosi Abbosbek Fayzullayev OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Qiyin uchrashuv bo‘ldi, ammo Eronga qarshi uchrashuv bilan solishtirsak bugun yaxshiroq o‘ynadik. Pressingimiz yaxshiroq bo‘ldi, vaziyatlar yarata oldik. Muhimi, g‘alaba qozondik va muxlislarimiz bugungi natijadan qoniqishdi, deb o‘ylayman", - deya fikr bildirdi Abbosbek Fayzullayev.

- Ikkita uchrashuvdan beri o‘ng qanotda o‘ynab kelmoqdasiz. Bu sizga qanchalik noqulaylik tug‘dirmoqda?
- To‘g‘risi, menga chap qanotda o‘ynash qulayroq. Chap qanotda qanday o‘ynashni sezaman, lekin murabbiyimiz qaysi pozitsiyani tanlasa o‘sha yerda maksimal foyda keltirishga harakat qilaman.

- Ikkinchi bo‘limda ajoyib vaziyatga ega bo‘ldingiz. O‘sha vaziyatda siz pas bermoqchi edingizmi yoki zarba?
- To‘pni to‘xtatib olib, darvozaga zarba bermoqchi edim, lekin raqib himoyachisi to‘pni maydondan chiqarib yubordi.

- Jismoniy holatingiz haqida nimalar deya olasiz? Jarohatingiz borligidan xabardormiz. Jarohat bilan o‘ynash qanchalik qiyin bo‘ldi?
- Bugungi bahsda maydonga tushganimni "kichik mo‘jiza" deb atasak bo‘ladi. Oyog‘im shishib ketgan edi. Shifokorlarimizga rahmat, ularning say-harakatlari tufayli o‘yinda ishtirok eta oldim.

- Keyingi raqibimiz Qatar haqida biroz gapirib o‘tsangiz?
- Qatarga yaxshi kayfiyatda boramiz. Safarda bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. Noyabr oyidagi bahslarda 6 ochko to‘plashni maqsad qilganmiz. Agar ushbu natijaga erisha olsak, mundial sari juda katta qadam tashlagan bo‘lamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat aytaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: Maydonga tushganimni "kichik mo‘jiza" deb atasak bo‘ladi