Ukrainalik professional bokschi Sergey Bogachuk super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov bilan jang haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Isroil juda zo‘r, iste’dodli bokschi, havaskordagi faoliyati ham yaxshi natijalarga boy bo‘lgan. U ham havaskor, ham prof boksda aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi.
Isroil faqat Kroufordga mag‘lub bo‘lgan. Lekin amerikalik bokschi jangda Isroildan kuchliroq edi va g‘alaba qozongandi deb o‘ylamayman. U referi qo‘lini ko‘tarishi uchun hech narsa qilmadi. Men uchun o‘sha jangda Madrimov haqiqiy chempion bo‘lgandi.
Isroil faoliyati davomida juda kuchli raqiblar bilan jang qilishga muvaffaq bo‘lgan. Men uchun u bilan jang juda yaxshi tajribaga aylanadi. Biz chempionmiz”,— deydi Sergey.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov va Sergey Bogachuk o‘rtasidagi jang 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangining anderkardida bo‘lib o‘tadi.
Madrimov o‘zining so‘nggi jangini Terens Kroufordga qarshi 4 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan.
Ukrainalik professional bokschi, Sergey Bogachuk, Super yarim o‘rta vazn toifasi, Isroil Madrimov, Jang haqida “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi